Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

Mushriklarga javoban nozil bo'lgan oyat

22.05.2024   2393   2 min.
Mushriklarga javoban nozil bo'lgan oyat

بسم الله الرحمن الرحيم

الحمد لله رب العالمين و الصلاة و السلام على سيدنا محمد و على آله و أصحابه أجمعين

لا حول و لا قوة إلا بالله

 Aql bobida Faqih Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh aytadi: “Aqlli kishining gaplari o'lchovli, o'rnida ishlatilgan bo'ladi. Oqil behuda gap gapirmaydi, ask holda, foydali gaplari ham yo'qoladi. So'ralmagan narsaga javob bermaydi, chunki bu ishda engil tabiatlilik, aqli kamlik va nodonlik belgisi bor. Oqil kishi besabab g'azab qilishi loyiq emas.

Barcha fuqaholar insonning qilgan amaliga mas'ulligi aqliga bog'liqligiga kelishganlar. Aqlsiz kishi hech qachon shar'iy takliflarni amalga oshirishi matlub emas”.

Qur'oni karimda aql egalari ko'p zikr qilingan. Jumladan, “Albatta, osmonlaru erning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor”(Oli Imron, 190).

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makka ahlini faqat Allohga ibodat qilishga chaqirganlarida, ular: “Bizning o'zimiz topinadigan (sanam)larimiz bor. Chaqirig'ingizning asosi bormi, biror dalil keltira olasizmi?” deyishadi. Shu oyat ularga javoban nozil bo'lgan (Imom Nasoiy rivoyati).

Haqiqatan, osmon va er, quyosh, oy va yulduzlarga, tog', dengiz va dov-daraxtlarga ibrat nazari bilan boqqan kishi ularni Yaratganni – Allohni taniydi.

Shuningdek, aqlini ishlatmaganlar haqida ham ko'plab xitoblar bor. Jumladan, “Kufr keltirganlar misoli xuddi qichqiriq va sasdan boshqa narsani eshitmaydiganlarga baqirayotganga o'xshaydi. Ular kar, soqov va ko'rdirlar. Ular aql ishlatmaslar”(Baqara, 171).

Ulug'bek qori YO'LDOShYeV,

Asaka tumanidagi “Muhammadsolih” jome masjidi xodimi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   59344   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari