Jaholat va johillikning eng asosiy davosi kitob o'qishdir. Zero, kitob insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, akl qayrog'i va bilim manbaidir. Unga oshno kishi dunyo va oxirat sharafi bo'lgan ilmni egallaydi.
Alhamdulillah, yurtimizda barcha sohalarga oid bo'lgan kitoblar va adabiyotlar kun sayin ortib bormokda. Birgina diniy yo'nalishda tafsir, Qur'oni Karim ma'nolar tarjimasi, hadis, aqida va boshqa fanlarga oid ko'plab kitoblar ona tilimizda nashr etilmoqda. Ularni mutolaa qilish kerak, xolos.
O'tmishda ota-bobolarimiz Qur'on, hadislar bilan birgalikda "Hamsa", "Boburnoma", "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" singari badiiy adabiyotlar va xalq og'zaki ijodi namunalarini o'qib-aytib ulg'ayishgan. Bugun oramizda bu bebaho ma'naviy boylikni kadriga etmayotganlar ham talaygina. Aksariyat yoshlar ham, kattalar xam ijtimoiy tarmoqqa bog'lanib, kitob mutolaasiga bee'tibor bo'ldi. Natijada ularning ma'naviyati, tafakkur quvvati zaiflashdi. Hayotda ro'y berayotgan ayrim noxushliklarning ildizi esa o'sha ilmsizlik va kitob o'qimaslikning achchik mevasidir. Bunday noxush holatlardan saklanish uchun aqlni ilm va kitob mutolaasi bilan charxlab turish lozim.
Har qanday yangilik ham bir kun kelib eskiradi, biroq insoniyatning ming yillar davomida qo'lga kiritgan durdonalarini o'zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Buni ulug' zotlardan bizgacha etib kelayotgan bebaho asarlardan anglash mumkin.
Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy kitob o'qish asnosida murakkab bir masalaga echim topganlaridan xursand bulib: "Bundaylazzatnipodshohlarningbolalarihamko'rmagan", deganlar.
Buyuk muxaddis Imom Abu Dovud Sijistoniy o'ziga kiyim tiktirganida, uning engini keng kilib tiktirar, qayerga borsa, o'sha englarida kitob bo'lar ekan. Bo'sh vaqt topildi deguncha, kitob mutolaasiga kirishar ekan.
Mashhur ulamolardan Abul Faraj ibn Javziy bunday deydi: «Men kitob mutolaasidan hech to'ymaganman. Agar o'zim o'qib ko'rmagan birorta kitobni ko'rib kolsam, go'yoki xazinaning ichiga tushib kolgandek bo'lardim. Agar, "Yigirma ming mujallad kitob o'qib chiqqanman", desam ham, mubolag'a kilmagan bo'laman, lekin kitob o'qishda davom etaman», degan ekan.
Hasan ibn Saxl aytadi: «Ma'mun uxlaganda atrofida kitoblar turar edi. Uxlashdan oldin ham kitob o'qir edi. Uyqudan uyg'onib ketganda ham kitob o'qir edi. U inson shunday vasiyat qilar edi: "Yolg'izlik dahshatini kitob o'qish bilan enggin. Albatta, kitoblar so'zlovchi tillar va tikilib turuvchi ko'zlardir".
Husayn Voiz Koshifiy: "Axloqi Muhsinin" asarida bunday deydi: "Eng yaxshi suhbatdosh va eng maqbul do'sti ulfat ulug'larning kitobidir".
Kitob ilmu donish va ma'naviy ozuqa hosil qilishning asosiy manbaidir. Shunday ekan, kitobni do'st bilmoq va unga ehtirom ko'rsatmoq har birimizning vazifamiz va jaxolatni asosiy davosidir
Olimxon ISAQOV
Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Umra+Ziyorat turizmi” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonning milliy ekspozitsiyasi namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Lutfi Kirdar kongress-ko‘rgazma markazida tashkil etilgan nufuzli tadbirda 400 dan ortiq xorijiy kompaniya hamda Turkiya turizm sohasining qariyb 1,5 ming nafar vakili ishtirok etdi.
Umra turizmi tashkilotlari uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlari, muqaddas qadamjolari, boy tarixiy-madaniy merosi va zamonaviy infratuzilmasi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Ekspozitsiyada Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarining turizm imkoniyatlari, YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar, mashhur ziyoratgohlar hamda sayyohlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar keng yoritildi.
Ko‘rgazma doirasida milliy an’analar, hunarmandchilik, o‘zbek milliy taomlari, mehmondo‘stlik madaniyati hamda mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan taqdimotlar ham o‘tkazildi.
Turkiya, Yaqin Sharq davlatlari va boshqa mamlakatlardan kelgan turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxona biznesi va ziyorat turizmi sohasi vakillari bilan B2B formatida ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi. Suhbatlar davomida O‘zbekistonga ziyoratchilar oqimini ko‘paytirish, qo‘shma turistik mahsulotlarni shakllantirish va o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning mazkur ko‘rgazmadagi ishtiroki mamlakatimizning Markaziy Osiyoda ziyorat turizmining yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatidagi xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati