Alloh taolo bandalar agar tavba qilsalar gunohlarini kechirib yuborishning va'dasini qilgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislarga ko'ra ham banda to jon g'arg'ara bo'lguncha tavba qilsa Alloh mag'firat qilinishi ma'lum. Lekin shu bilan aldanib, oxirat xasratda qolish ham mumkinligini unutmaslik kerak. Zero, Alloh taolo bu haqda bizni ogohlantirgan: “Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bu dunyo hayoti sizlarni g'ururga ketkazmasin. Sizlarni o'ta g'ururga ketkazguvchi Alloh haqida aldab qo'ymasin”.
Shayton odamlarni o'ta g'ururga ketkazadi va aldaydi. Ya'ni, hech narsaga parvo qilma, Allohning O'zi kechirguvchi, deb odamlarni gunoh ishlarga chorlaydi. Alloh taoloning avf etishi va mag'firat qilishini suiste'mol etib, Alloh O'zi kechirar, deb har xil gunohlarga qo'l uraverish naqadar yomon shaytoniy ish ekanini esdan chiqarmaslik zarur.
Yahyo ibn Mu'oz rahimahulloh aytadilar: “Mening nazdimda quyidagilar eng qattiq aldanishlardir:
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Adiy ibn Hotam Toiy bunday rivoyat qiladi: “Qiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borish buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Alloh taolo jannat ahliga tayyorlab qo'ygan narsalarni ko'rganlaridan so'ng: “Ularni olib ketinglar, jannatda nasiba yo'qdir!” deb nido qilinadi.
Ular shunday hasrat-nadomat bilan qaytadilarki, ulardan oldin ham, keyin ham hech kim bunchalik hasrat-nadomat qilmagandir. Ular aytadilar: “Yo Alloh, do'stlaringga tayyorlab qo'ygan ne'matlaringni ko'rsatmay turib, bizni do'zaxga kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik”.
Shunda Alloh taolo: “Men shunday qilmoqlikni xohladim, chunki sizlar katta-katta gunohlar bilan insonlardan yashirincha Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko'zida esa pokiza, viqorli ko'rinar edingiz, qalblaringizda yo'q narsani riyo qilar edingiz. Odamlardan qo'rqar edingiz, mendan qo'rqmas edingiz insonlarnni ulug'lar edingiz. Meni ulug'lamasdingiz. Insonlar uchun ba'zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmasdingiz. Endi bugun savobimdan ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum etgayman”, deydi.
Shahobiddin PARPIYeV,
Asaka tumanidagi “Muhammadsolih” jome masjidi imom-xatibi.
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati