Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2026   |   1 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:31
Peshin
12:28
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:54
Bismillah
14 Avgust, 2026, 1 Rabi`ul avval, 1448

Alloh taoloning mehmon qilishi

23.05.2024   1673   2 min.
Alloh taoloning mehmon qilishi

Alloh taolo kalomida: “Namozni ado etganingizdan so'ng Allohni turgan, o'tirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Hotirjam bo'lganingizda namozni to'liq ado eting. Albatta, namoz mo'minlarga vaqtida farz qilingandir” (Niso surasi, 103-oyat)

«Quyosh og'ishidan to kun qorong'i­sigacha namozni to'kis ado qil. “Fajr Qur'o­ni”ni ham. Albatta, “fajr Qur'oni” guvohlantirilgandir» (Isro surasi, 78-oyat)

“Ahlingni namozga amr et va o'zing unga sabr qil. Biz sendan rizq so'ramas­miz. Biz senga rizq berurmiz. Oqibat taqvonikidir” (Toha surasi, 132-oyat)

Alloh azza va jalla bizga eslatayotgan oyatlarida uning boshqa ibodatlarga nisbatan namozga ko'proq e'tibor berishi qo'rqiladigan holdir. Bu erdagi hikmat ochiq va ravshan. Hikmat shuki, insonning Alloh taolo bilan birga bo'lishidir. Insonning Alloh bilan bog'lanib turadigan derazasi – namozdir. Inson qanday qilib doim Alloh bilan birga bo'la oladi? Alloh taolo biz mehmon bo'ladigan va kirib o'tiradigan biror erga joylashishdan xoli va pokdir.

Shunday ekan, biz qanday qilib U Zot bilan birga bo'lamiz? Siz Alloh­ning oldiga har kuni besh mahal meh­mondorchilikka borasiz. U sizni yigirma to'rt soat mobaynida besh vaqt namoz bilan mehmon qiladi. Siz namozda turganingizda u bilan birga ekaningizni, Parvardigor sizning duolaringizni eshitayotganini bilasiz. Mana shu Alloh taoloning mehmon qilishidir.

Shayx Muhammad Said

Ramazon BUTIY

 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bog‘otda "Erali eshon bobo" masjidi yangi binosi ochildi (fotolavha)

05.08.2026   23610   1 min.
Bog‘otda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi "Erali eshon bobo" jome masjidi zamonaviy asosda qayta qurilib, mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. 
 

Masjidning ochilish tantanasida Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, viloyat va tuman bosh imom-xatiblari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Marosim Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, yangi masjidning el-yurtimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish, aholi o‘rtasida ezgulik va ma’rifatni mustahkamlashga xizmat qilishini so‘rab duolar qilindi. Shuningdek, ushbu bunyodkorlik ishlariga hissa qo‘shgan saxovatpesha insonlar haqqiga ezgu tilaklar bildirildi.


Ma’lumot o‘rnida, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan va zarur sharoitlar yaratilgan mazkur jome masjid bir vaqtning o‘zida 1000 nafar namozxonni qabul qilish sig‘imiga ega.


Alloh taolo ushbu muborak masjidni qiyomatga qadar Qur’on tilovati, ibodat va ma’rifat ziyosi taraladigan qutlug‘ dargohlardan qilsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda
O'zbekiston yangiliklari