Bugun 23- may kuni Chortoq tumanida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov rahbarligida Chortoq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar imom-xatib, imom-noib va mutavallilari ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda taraqqiyotimizning yangi davrida diniy sohada juda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, o‘z navbatida imom-xatiblik sharafli va mas’uliyatli vazifa ekani, bugungi kun imomi zamonga ziyraklik bilan qarashi, o‘zining ustida muntazam ishlashi va mo‘min-musulmonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun tinimsiz izlanib, xizmat qilishlari zarurligiga alohida urg‘u qaratildi.
Jumladan, masjidlar imom-xatib va imom-noiblarini ish davomati, funksional vazifalarini bajarish, kiyinish madaniyatiga rioya qilish bo‘yicha shaxsiy namuna bo‘lishi lozimligi hamda Fuqoralarni qabul qilish kunini ham sifatli qabul qilishni aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, barcha imom-xatib va imom-noiblar o‘zlariga biriktirilgan MFYlar bilan muntazam aloqada bo‘lib, yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratish, ilm-ma’rifatga qiziqtirish va yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish kabilarni alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida Chortoq tumanidagi diniy soha xodimlari faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Murakkab davrda imom-xatiblarning faolliklarini oshirish, OAVdagi chiqishlari mazmun-mohiyatini yaxshilash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini qondirish borasida tinimsiz xizmat qilish kabi jihatlariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026 yil 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.
Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.
Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.
Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official