Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Aprel, 2026   |   11 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:24
Peshin
12:25
Asr
17:15
Shom
19:22
Xufton
20:43
Bismillah
29 Aprel, 2026, 11 Zulqa`da, 1447

Juma kuni bayrammi?

24.05.2024   2474   4 min.
Juma kuni bayrammi?

Toriq ibn Shihob aytadi:

“Bir yahudiy Umar roziyallohu anhuga:

- Sizlar bir oyatni o'qiysizlar. O'sha oyat bizlarga nozil bo'lganda edi, biz uni bayram qilardik, dedi.

Umar roziyallohu anhu aytdilar:

- Men yaxshi bilaman, o'sha oyat qachon nozil bo'lgan, qayerda nozil bo'lgan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'sha paytda qayerda edilar. Arafa kuni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arafotda turgan paytlarida nozil bo'lgan”.

Qubaysadan Harashaning o'g'li Abu Ja'far Ishaq rivoyat qiladi:

“Ka'b:

- Agar bu ummatdan boshqasiga mana bu oyat nozil bo'lsa edi, bu nozil bo'lgan kunga nazar qilur va u kunni o'zlari jam bo'lishadigan xayit kuni qilib olishur edilar, - dedi. Umar roziyallohu anhu so'radilar:

- Qaysi oyat, ey Ka'b?

U aytdi:

“Bu kunda sizlarning diningizni mukammal qildim” (Moida, 3).

- Men bilganman, nozil bo'lgan kunni va nozil bo'lgan makonni, - dedi Umar roziyallohu anhu. Juma kuni, arafa kuni nozil bo'lgan. Ikkala kun ham, Allohga hamdlar bo'lsinki, bizlar uchun bayramdir!”.

Bani Hoshimning mavlosi Ammor aytadi:

“Ibn Abbos ushbu oyatni o'qidi:

“Bu kunda sizlarga diningizni mukammal qilib berdim, sizlarga ne'matimni to'liq qildim va sizga Islomni din deb rozi bo'ldim” (Moida, 3).

Shunda bir yahudiy aytib qoldi:

- Agar shu oyat bizlarga nozil bo'lganda edi, o'sha kunni bizlar bayram qilib olardik.

- Shundoq ham bu oyat ikki bayram kunida nozil bo'lgan – xayit va juma kuni, javob berdi ibn Abbos roziyallohu anhumo.

Bu mavzudagi rivoyatlar juda ham ko'p.

Jumladan Iso ibn Horisa ansoriy aytadi:

“Devonda o'tirgan edik. Bizga bir nasroniy aytib qoldi:

- Hoy musulmonlar! Sizlarga bir oyat nozil bo'lgan. Agar o'sha oyat bizlarga nozil bo'lganda edi, bizlardan ikki nafarimiz qolsa ham o'sh kun va o'sha soatni bayram qilib olur edik: “Bu kunda sizlarga diningizni mukammal qilib berdim”.

Birortamiz ham javob bera olmadik. Keyin Muhammad Quraziyga yo'liqib qoldim. Undan shu haqda so'radim. U aytdi:

- Uning so'zlarini rad qila olmadinglarmi? Umar ibn Hattob aytgan: “Bu oyat Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga arafa kuni tog' ustida turganlarida nozil bo'lgan. Toki musulmonlardan loaqal birgina kishi qolar ekan, bu kun bayram qilinishidan to'xtamagay”.

(Barchasini Ibn Jarir o'zining “Tabariy” tafsirida rivoyat qilgan. Ayrimlari ibn Kasirning “Tafsirul Qur'onil 'aziym”, Naysoburiyning “G'aroibul Qur'on”, Qurtubiyning “Jome'ul ahkom” tafsirlarida ham kelgan).

Ulug'bek qori YO'LDOShYeV,

Asaka tumanidagi “Muhammadsolih” jome masjidi xodimi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Qorining misoli

28.04.2026   3716   1 min.
Qorining misoli

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Qur’on o‘qiydigan mo‘min kishining misoli utrujjaga o‘xshaydi. Uning ta’mi ham hidi ham xushbo‘ydir”.

Utrujja to‘rt narsa: po‘stloq, go‘sht (asosiy qism), organik kislota (nordonlik) va urug‘dan iborat. Ularning har birini mijozi o‘ziga xos: po‘sti issiq, quruq; go‘shti issiq, ho‘l; organik kislotasi sovuq, quruq va urug‘i issiq, quruq.

Po‘stini kiyimga qo‘yilsa, qurtlarni yo‘qotadi. Hidi havoni tozalaydi va vaboni ketkazadi. Og‘izni xushbo‘y qiladi. Danagi chayon va turli hasharotlar chaqqanda davo bo‘ladi.

"Islomda salomatlik" kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li

 


Utrujja - xushbo‘y hidli, ta’mi shirin, apelsinga o‘xshash meva.