Ziyoratchilarni aeroportda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida keng jamoatchilik vakillari kuzatib qo‘ydilar.
Ziyoratchilarni mamlakatimizning 10 ta hududiy aeroporti, jumladan, Namangan xalqaro aeroportidan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri Namangan-Madina aviareyslari orqali haj safariga kuzatish rejalashtirilgan.
Bugun Namangan xalqaro aeroportidan viloyatimizning bir guruh vakillari muborak safarga otlandilar. Joriy mavsumning ilk reysida Namangan shahri, Pop, Norin, Kosonsoy, Uychi tumanlaridan jami 245 kishi ziyoratga jo‘nab ketishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
27 avgust kuni Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Mavritaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ismoil Vild Shayx Ahmad IHTning yangi bosh kotibi etib saylandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligining ma’lum qilishicha, 66 yoshli Ismoil Vild ash-Shayx Ahmad IHT Bosh kotibi lavozimida 2021–2026 yillarda tashkilotga rahbarlik qilgan chadlik diplomat Husayn Ibrohim Tahaning o‘rnini egallaydi.
Yangi bosh kotib 2015–2018 yillarda BMT Bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati