Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Missionerning hamlasi

27.05.2024   952   3 min.
Missionerning hamlasi

Missionerlik so'zi lotinchadan olingan bo'lib “missio” “yuborish”, “vazifa topshirish”, “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Missionerlik harakatlari bugun paydo bo'lgan emas, balki Rim qo'shinlari bilan birga yurib, bosib olingan hududlar xalqlari orasida xristianlikni targ'ib qilgan kishilarning faoliyati zamonaviy missionerlikning ilk ko'rinishlari edi. Bundan tashqari 400 – 500 – yillarda missionerlar Afrikada mustahkam o'rnashib oldilar va u erlarda masihiy qirolliklar paydo bo'la boshladi.

 HI – XIV asrlarda Rim Papasi boshchiligida “Muqaddas Yer”, ya'ni Quddus shahrini ozod etish bahonasida amalga oshirilgan, aslida bosqinchilik, siyosiy o'yinlar boylik orttirishga qaratilgan urushlar, “Salb yurishlari” dan ko'zlangan asosiy maqsadlar missionerlikdan boshqa maqsad bo'lmagan. Ular tarixda eng vahshiy ishlarni aynan shu erda amalga oshirib, nasroniylikni qabul etmaganlarni qilichdan ayovsiz o'tkazganlar.

Missionerlik bugun sertarmoq soha hisoblanib, ular kirib bormagan jabha va faoliyat yuritmayotgan mamlakat deyarli dunyoda qolmagan. Ular o'z hukumatlari tomonidan moddiy yordam olib turib, mablag'larini aniq yo'naltirilgan moddiy va ma'naviy bosqinchilik siyosatlariga ishlatadilar. Shuni unutmaslik kerak bo'ladiki, ular hamon qadimgi buzg'unchilik maqadlarida bardavom bo'lib bormoqdalar. Shuningdek, erkin targ'ibot olib borish va faolit doirasini keskin kengaytirish maqsadida ko'pgina missionerlik tashkilotlari, o'z harakatlarini xalqaro nodavlat tashkilotlari maqomida amalga oshirishda intilayotganlarini ortida o'ziga xos mantiq bor, albatta.

 Missionerlar dindorlar emas, balki moddiy manfaatlar yo'lidagi siyosiy o'yinchilar, xolos. Maqsadlari odamlarning ongini chalg'itib, e'tiqod qilayotgan Islom dinidan og'dirib o'zlari yugurdaklik qilayotgan davlat manfaatlari ta'siriga xizmat qiluvchi ob'ektga aylantirishdir. Ular o'zlarini mehribon, samimiy insonlardek, guyoki qo'y og'zidan cho'p olmagandek, ko'rsatishadi, pulni vaqtni ayashmaydi, maxsus topshiriqlardan o'tishgan, savodsiz, moddiy jihatdan nochor, chorasiz bemor, ma'naviy qashshoq, e'tiqodi sust kabi kishilarni tuzoqqlariga ilintirishga doimo shay turadilar.

 O'zlari tarafga moyillik hosil qilishgach, mahalliy aholining turli yo'llar bilan dinni yomonlashga va mavjud qonuniy hukumat haqida norozilik uyg'otishga intiladilar. Missionerlar siyosiy maqsadlarini amalga oshirmoqchi bo'lgan o'lkalarning aholisi e'tiqod qiladigan dinni, urf –odatlarini, ijtimoiy muammolarini o'rganishlari uchun maxsus tadqiqot o'quv markazlariga egadirlar. Siyosiy va ma'naviy bosqinchilik yo'nalishi singdirilgan adabiyotlarni xohlagan tilda va adadda chop eta oladilar.

 Demak, missionerlarning asl maqsadlari yashirin faoliyat olib borish natijasida yashab borayotgan aholini injillashtirish yo'li bilan ularning birdamligiga putur etkazish, turli ichki nizolarni keltiib chiqarish orqali mamlakatning rivojlanishiga to'sqinlik qilish, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy jihatdan qaram va tobe' qilish bilan birgalikda boy tabiiy zahiralariga egalik qilishdan iboratdir.

Bizning vazifamiz, dunyo maydonida o'z o'rnini topayotgan Vatanimizni bu kabi g'alamislardan himoya etishdir. Bugungi kunda mafkuraviy kurashlar, internet va dunyodagi turli xil noxushliklar avj olgan bir davrda farzandlarimizni missionerlar va shu kabi razillardan asrab avaylab, vatanparvar, iymon e'tiqodli, salohiyatli etib tarbiya berib borishligimiz barchamizning eng asosiy vazifamiz ekanligini unutishga hech birimizning xaqqimiz yo'q.

https://imon.uz/news.php?slug=missionerlikning-hamlasi 

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   2802   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV