Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Sentabr, 2026   |   8 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:48
Quyosh
06:07
Peshin
12:17
Asr
16:37
Shom
18:30
Xufton
19:45
Bismillah
19 Sentabr, 2026, 8 Rabi`us soni, 1448

Ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolmaylik

29.05.2024   2187   1 min.
Ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolmaylik

Agar masjidga borishni tark etsangiz, sizdan boshqa odam boradi.

Agar Qur'onni esdan chiqarsangiz, uni boshqa birov yodlaydi.

Agar Rabbingizdan uzoqlashsangiz, boshqalar U Zotga yaqin bo'laveradi.

Oxir-oqibat ziyon ko'rguvchi faqat o'zingiz bo'lib qolasiz.

“Alloh behojat Zot, sizlar Un­ga muhtojdirsiz. Agar sizlar Allohga itoat etishdan bosh tortsangiz, U o'rningizga sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo'yar, so'ngra ular sizlarga o'xshagan bo'lmaslar (balki Allohga itoat qi­lurlar) (Muhammad surasi, 38-oyat)

Doktor Mustafo MAHMUD

 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   42413   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari