Imom Buxoriy: «Bir kuni Rasululloh ﷺni tushimda ko‘rdim, qo‘limda yelpig‘ich, u kishini yelpir edim. Bu tushimni ba’zi ta’bir qiluvchilarga aytsam: "Sen Rasululloh ﷺning hadislarini yolg‘onlardan yelpib (himoya qilib) turasan" deyishdi».
Imom Buxoriy: "Qachonki kitobimga biror hadis kiritsam, g‘usl qilib ikki rakat namoz o‘qirdim".
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati