Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Banda Robbisidan hayo qilmaydimi

29.05.2024   1989   1 min.
Banda Robbisidan hayo qilmaydimi

Hasan Basriy roziyallohu anhu aytadilar: “Yo'lda, dasturxon atrofida, bozorda yurganingizda, qayerda bo'lmang istig'forni ko'p aytishni odat qiling. Chukni Allohning mag'firati qayerda nozil bo'lishini bilmaysiz”.

Shunda Hasan Basriy rahimahullohdan so'rashdi: “Biz Robbimizga istig'for aytamiz. Lekin yana gunoh qilaveramiz. Istig'for aytganidan so'ng, yana gunohga qaytsa, so'ngra yana istig'for aytib keyin yana gunohga qaytishdan banda Robbisidan hayo qilmaydimi?”.
Hasan Basriy javob berdilar: “Shayton mana shu borada ham sizni mag'lub etishni istaydi. Hech qachon istig'for aytishdan to'xtamanglar!”.

“Astag'firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh”.

 Davron NURMUHAMMAD

 
 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   4989   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari