Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Avgust, 2026   |   18 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:25
Quyosh
05:48
Peshin
12:23
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:21
Bismillah
31 Avgust, 2026, 18 Rabi`ul avval, 1448

Eshitish va gapirishda nuqsoni bor hamyurtlarimiz ishtirokida ma'rifiy suhbat o'tkazildi

30.05.2024   1554   1 min.
Eshitish va gapirishda nuqsoni bor hamyurtlarimiz ishtirokida ma'rifiy suhbat o'tkazildi

Shu yil 29 may kuni Namangan viloyatidagi 100 nafardan ziyod imkoniyati cheklangan (eshitish va gapirishda nuqsoni bor) hamyurtlarimiz ishtirokida ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.

Toshkent shahri "Islom ota" jome masjidi imom xatibi Yo‘ldoshali domla Karimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita  mutaxassisi Qodirov Muqimjon boshchiliklarida Namangan shahridagi "Mahdum Eshon" jome masjidida 100 nafardan ziyod imkoniyati cheklangan (eshitish va gapirishda nuqsoni bor) hamyurtlarimizga ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.

Ma’rifiy suhbatda bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo‘lmish yoshlarning tarbiyasi, odob-axloqi bo‘yicha, bag‘rikenglik, va shukronalik mavzularida ma’ruza qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

13 ming nafardan ziyod o‘quvchiga maktab forma va o‘quv qurollari hadya qilindi

31.08.2026   12192   1 min.
13 ming nafardan ziyod o‘quvchiga maktab forma va o‘quv qurollari hadya qilindi

Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur xayrli tashabbus asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari beg‘araz hadya qilindi.

Ushbu aksiya doirasida ajratilgan ko‘makning umumiy miqdori 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, joriy yilda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari hamda maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilindi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga yordamlar ko‘rsatildi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda qalblarida bayram quvonchi ulashishdir.

Istiqlol bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya tadbirlari yurtimizda inson qadri, bolalar manfaatlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy namunasi, deyish mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari