Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Juma kuni o'qiladigan 8 sura

30.05.2024   16972   2 min.
Juma kuni o'qiladigan 8 sura

Alloh taolo Qur'oni karimda bunday marhamat qiladi: "Bas, namoz tugagandan so'ng er yuzi bo'ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni ko'p eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz" (Juma surasi, 10-oyat).

 

1. Kahf surasi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim juma kuni Kahf surasini o'qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki juma orasidagi gunohlari kechiriladi", dedilar (Abu Bakr ibn Marduyah rivoyat qilgan).

 

2. Duxon surasi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim juma kechasi "Ha mim" (Duxon surasi)ni qiroat qilsa, mag'firat qilinadi", dedilar.

Nabiy alayhissalom: "Kim juma kechasi "Ha mim"ni o'qisa, etmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig'for aytib chiqadi", deganlar.

 

3. Yosin surasi.

 

4. Hud surasi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Hud surasini juma kuni o'qinglar", deganlar.

 

5. Oli Imron surasi.

Hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu aytadilar: "Kimki kechasi "Oli Imron" surasini o'qisa, unga kechani bedor o'tkazganlik savobi yoziladi".

Bir asarda: "Kim juma kuni Oli Imron surasini o'qisa, 70 ming farishta kechgacha istig'for aytadi".

 

6. Ixlos, falaq va naas surasi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma namozidan keyin "Qul huvallohu ahad", "Qul a'uzu birobbil falaq" va "Qul a'uzu birobbin naas" suralarini etti marta o'qisa, Alloh taolo uni keyingi jumagacha yomonlikdan saqlaydi», dedilar (Ibn Sunniy rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Network News Pakistan”: 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi

13.08.2026   41531   2 min.
“Network News Pakistan”: 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi

Pokistonning “Network News Pakistan” elektron nashri “O‘zbekiston turizmi o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi” sarlavhali axborot maqolani e’lon qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

 Unda Butunjahon sayohat va turizm kengashining (World Travel & Tourism Council – WTTC) “Sayohat va turizmning 2026 yilga qadar iqtisodiy ta’sirini o‘rganish” hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda Markaziy Osiyo dunyoning eng tez rivojlanayotgan sayyohlik mintaqasiga aylangani ta’kidlangan.

“WTTC o‘z tadqiqotlarini dunyoni 13 ta yirik mintaqaga bo‘lgan holda olib boradi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo turizm sohasini rivojlantirishning bir nechta asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bu ko‘rsatkichlarning barchasi bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchiga aylandi”, – deyilgan manbada.

 Nashrda qayd etilishicha, 2025 yilda turizmning Markaziy Osiyo yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan umumiy hissasi 17,7 foizga, sohaning bevosita hissasi esa 19,6 foizga oshgan. Mintaqada turistik xizmatlar eksporti (visitor exports) yil davomida 26,4 foizga o‘sib, 9,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.

Mintaqadagi turistik xizmatlar eksporti umumiy hajmining deyarli yarmi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 2025 yilda O‘zbekistonga 4,8 milliard AQSH dollari miqdorida turistik xizmatlarni eksport qilgan. WTTC ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi.

 “Umuman olganda, bu ko‘rsatkichlar turizmning mintaqaviy xarakterga ega ekanini anglatadi. Markaziy Osiyo aholisi ko‘pincha o‘z mintaqasi ichida sayohat qiladi”, – deyiladi maqolada.

“Network News Pakistan” WTTC prognoziga tayanib yozishicha, 2036 yilga borib turizm sohasining Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga qo‘shadigan umumiy hissasi 29,7 milliard AQSH dollariga yetadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari