Hozirgi kunda dunyoda besh yarim mingdan ortiq til mavjud. Arab tili eng ko'p tarqalganidir. Yer yuzida ikki milliardga yaqin musulmon kundalik ibodatlari va turli diniy qadriyat va rasm-rusumlarni ado etish uchun ushbu tilga murojaat qiladi.
Bugunga kelib, taxminan 25 ga yaqin davlatda arab tili rasmiy til sifatida tan olingan. Ma'lumotlarga ko'ra, dunyo aholisining yarim milliardga yaqini arab tilida so'zlashadi. O'z navbatida, bu til dunyoda ko'p so'zlashiladigan beshinchi til.
Inglizlar gapirayotganida arabcha so'z qo'llashini bilasizmi? Arab tilidan inglizchaga qanday so'zlar o'tishi mumkin?
Beixtiyor Qur'on, hadis, sunnat, mazhabga doir diniy atamalar xayolingizga keladi. Lekin ingliz tilidagi mingga yaqin so'z arab tilidan kelib chiqqani taxmin qilinsa-da, ularning aksariyati ichimliklar, tibbiy va ilmiy atamalar, hayvonlar va o'simliklar, shuningdek, biz foydalanadigan kundalik ashyo va mahsulotlar nomlaridan iborat.
Ingliz tiliga kirib kelgan arabcha so'zlarning katta qismi xalqaro savdo, istilolar, kashfiyotlar va migratsiya natijasidir. Tarixchi va tilshunoslarning taxminlariga ko'ra, bir necha asrlar oldin ispanlar arabcha so'zlarni o'zlashtirgan va ishlata boshlashgan. Ushbu o'zgarish miloddan oldingi 700-yillarda boshlangan bo'lishi mumkin. Ba'zi inglizcha so'zlarning kelib chiqishi to'g'ridan-to'g'ri bo'lsa, boshqalari bilvosita arab tilidan lotin, turk yoki frantsuz kabi qadimgi Yevropa tillari orqali o'tgan. Bunga “shakar” va “admiral” so'zlari misol bo'ladi. Quyida ba'zi misollarni keltiramiz: sugar – سُكر – shakar, salad – سلاطة – salat, earth – أرض – er, cotton – قطن – paxta, algebra – الجبر – algebra, story – أسطورة – hikoya, jasmine – ياسمين – yasmin, safari – صفر – safar, check – صك أو شيك – chek, zero –صفر – nol, alcohol – الكحول – alkogol, soda – صودا – soda.
Manbalar asosida Imom Buxoriy nomidagi
Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi
Dilfuza TO'LAGANOVA tayyorladi.
Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.
Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.
Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati