Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

Mo'min misoli – asalari kabi

31.05.2024   2687   1 min.
Mo'min misoli – asalari kabi

 قال رسول الله صلى الله عليه وسلم

مَثَلُ المُؤمِنِ مَثَلُ النَّحلةِ لا تأكُلُ إلَّا طيِّبًا ولا تضَعُ إلَّا طيِّبًا

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mo'minning misoli asalari kabidir. U faqat pokiza narsalarni eydi va (o'zidan) pok narsalarni qoldiradi”, dedilar.

Asalari bor-yo'g'i 30-35 kun umr ko'radi. Ammo shu mittigina hashorat 1 kilogramm asalni yig'ish uchun 4 milliondan ortiq gulga qo'nadi, 400 ming kilometr masofani bosib o'tadi.

Asalari qisqa umri davomida faqat pokiza narsaga qo'nadi va o'zidan pok, odamlar uchun shifo bo'lgan narsa qoldirar ekan. Bizdan nima qoladi? Siz ham asalari kabi bo'ling! O'zingizdan odamlar uchun manfaati tegadigan narsalar qoldiring! Unutmang, qilgan har bir amalingiz yozib boriladi.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Albatta, Biz o'liklarni tiriltirurmiz va ularning (o'limidan oldin) yuborgan amallarini hamda (qoldirgan) asoratlarini (ommaga foydali yoki zararli ishlarini) yozib qo'yurmiz” (Yosin surasi, 12-oyat).

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   60073   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari