#Xushxabar
Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani singari Toshkent viloyatida ham xayrli ishlar bir-biriga ulanib ketyapti. Shukrki, tez-tez biror yangi jomening ochilish marosimiga yoki ilk g‘isht qo‘yish tadbiri o‘tkazilganiga guvoh bo‘lyapmiz.
Bu, albatta, so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi in’ikosidir.
Shu yil 14 iyul kuni Bo‘stonliq tumanidagi «Sayidboy o‘g‘li Vali Xalfa» masjidining yangi binosidga ilk g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mutasaddi rahbarlar, viloyat bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov, tuman bosh imom-xatibi, nuroniy otaxonlar, mahalla faollari hamda saxovatpesha homiylar ishtirok etdi.
Ezgu niyat bilan yangi masjidga qo‘yilgan ilk g‘ishtni Alloh taolo muborak qilib, tez va qisqa fursatda bu jome qurib bitkazlishini nasib aylasin.
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati