Qizim qattiq betob bo'lib shifoxonaga tushib qoldi. Uning ahvolidan juda xavotirlandim. Shifokorlar tomonidan barcha muolajalar qilindi. Qizimning sog'ayishini so'rab tinmay duo qildim. Shifo beruvchi bu duo quyidagicha edi:
“As'alullohal 'aziyma, Robbal 'arshil 'aziymi an yashfiyaka”.
“Allohumma, Robban naasi, azhibil ba'sa. Ishfi, antash-shaafiy laa shifaa'a illa shifaa'uk. Shifaa'an laa yug'odiru saqoman.
Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkaz! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. Shifoingdan boshqa shifo yo'q. Hech dardni qo'ymaydigan shifo ber!”.
Vaqt o'tib qizimning ahvoli kundan-kunga yaxshilanib bordi va butkul sog'ayib ketdi. Qizim avvalgidan ham menga mehribon bo'lib qoldi. “Oyijon, sizning mehringiz duolaringiz sabab men sog'ayib ketdim. Holsiz holda yotsam-da, sizning duoyu iltijolaringizni eshitib, his qilib turdim. Men sizni juda yaxshi ko'raman. Siz dunyodagi eng mehribon onasiz”, dedi. Hayajondan ko'z yoshlarimni yashira olmadim va uni qattiq quchoqlab bag'rimga bosdim. Kasallik ham bir ne'mat ekan. U qalblarni bir-biriga mehr-shafqatli qilishini tushunib etdim. Qizimning sog'ayishini so'rab Allohga yaqinligim ortgan bo'lsa, qizim duolarim sabab shifo topganidan menga bo'lgan muhabbati yanada ziyoda bo'ldi.
Abdulloh Muhammad Abdulmu'tiyning "Mehr oyi" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Hikmatulloh Ro'zaliyev tarjimasi.
Joriy yilning 18 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan «Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida «1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakilligi hamda «Vaqf» xayriya jamoat fondi viloyat filiali hamkorligida o‘tkazildi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov va «Vaqf» fondi filiali rahbari Rajabali domla Norqo‘chqorov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘z olganlar ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan mudarrislar hamda faxriy ustozlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib, ularning yosh avlodga sof islomiy ilmlar, odob-axloq va ezgu qadriyatlarni yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnatlarini alohida e’tirof etdilar.
Tadbir doirasida ustoz va murabbiylarga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida bayram sovg‘alari hamda moddiy rag‘batlantirish mablag‘lari topshirildi.
Ma’rifat ulashuvchi, millat kelajagini tarbiyalovchi ustozlarni e’zozlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday xayrli tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va minnatdorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati