Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Dunyodagi eng katta darvoza qayerda?

31.05.2024   737   1 min.
Dunyodagi eng katta darvoza qayerda?

Dunyodagi eng katta darvoza qayerdaligini bilasizmi? Ushbu darvoza Masjidul Haromning 100-eshigi bo'lib, dunyodagi eng katta darvoza hisoblanadi. Bu eshikning nomi Qirol Abdulloh ibn Abdulaziz ismi bilan ataladi. Uning bo'yi 13, arkalari bilan 18, eni 7 metr, eshikning har biri 70 tonna og'irlikda bo'lib, qalinligi esa ikki qarichdan ziyod, ya'ni 45 santimetrdan iborat

Endi ilgaklariga kelsak, uni 6 ta ulkan oshiq-moshiqlar ko'tarib turadi. Darvozani 10 tadan 15 tagacha odam ochib yopa oladi va masjid tashqarisidan Ka'bai Muazzama ko'rinib turadigan yagona eshik hisoblanadi.

Bu darvoza asosan Haj mavsumi va Ramazon oyida ochiladi. Darvoza tepasiga kirishda Hijr surasining ushbu 46-oyati yozilgan:

ادْخُلُوهَا بِسَلَامٍ آمِنِينَ

"Ularga tinchlik, omonlik ila kiringlar" deb yozib qo'yilgan.

 

TII "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi

kabinet mudiri Mavlyankulov Murod

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   6097   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari