Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

IHTning turizm yo'nalishi bo'yicha raisligi O'zbekistonga berildi

03.06.2024   3309   1 min.
IHTning turizm yo'nalishi bo'yicha raisligi O'zbekistonga berildi

Shu yil 31 may kuni Hiva shahrida bo'lib o'tayotgan Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlarning turizm vazirlari yig'ilishida xalqaro tadbirni o'tkazish bo'yicha O'zbekiston tomonidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida e'tirof etildi.

Yuqori darajadagi ekspertlar guruhi yig'ilishida rasmiylar tomonidan tashkilotda turizm yo'nalishi bo'yicha raislik Ozarbayjondan O'zbekistonga o'tganligi e'lon qilindi.

O'z navbatida O'zbekiston raisligida tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasida turizm hamkorligi, jumladan, yashil va barqaror turizm, smart turizm, turizm logistikasi va boshqa qator yo'nalishda samarali loyiha va tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.

Marhabo Madaminova, O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

02.09.2026   7785   1 min.
Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.


Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.


Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda
O'zbekiston yangiliklari