Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Gumondan saqlanish – gunohdan saqlanishdir!

03.06.2024   3361   3 min.
Gumondan saqlanish – gunohdan saqlanishdir!

Alloh taolo muqaddas kalomi bo'lmish Qur'oni karimda hamda payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida mo'min musulmonlarni g'iybatdan va bir-birlari haqida yomon gumon qilishdan qaytarganlar.

Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 12-oyatida xabar berib aytadiki: “Ey iymon keltirganlar! Ko'p gumonlardan chetda bo'linglar chunki ba'zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba'zilaringiz  ba'zilaringizni g'iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o'zining o'lgan birodarining go'shtini eyishni yaxshi ko'radimi? Ha,yomon ko'rasizlar. Allohdan qo'rqinglar! Albata, Alloh tavbani ko'p qabul qiluvchi va rahimlidir”.

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: “Zinhor va zinhor badgumon bo'lmanglar, chunki badgumonlik so'zning eng yolg'onidir”.

Boshqa bir hadisda aytilishicha: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kishilar so'radilar. Yo Allohning Rasuli g'iybat nima? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Birodaringni o'ziga yoqmagan narsa bilan eslashing”, dedilar. Shunda: Birodarimda men aytgan narsa bo'lsachi? deb so'radi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Agar aytganing unda bo'lsa,g'iybat qilgan bo'lasan ammo bo'lmasa bo'hton qilgan bo'lasan”, dedilar.

Ulug' sahobalardan Hazrati Umar roziyallohu anhu: “Agar yaxshilikka burishning birorta yo'li bo'lsa ham, mo'min birodaringdan chiqqan so'z haqida faqat yaxshi gumon qil”, deganlar.

Ulamolardan Fuzayl ibn Iyoz rohimahulloh:Kim g'iybatdanomonda bo'lishni istasa, gumon eshiklarini mahkam berkitsin. Kim gumondan uzoqda bo'lsa, do'sti aybini axtarishdan omonda bo'ladi. Kim birovning xatosini topishdan xoli bo'lsa, u g'iybatdan chetda bo'ladi”, deganlar.

Sufyoni Savriy rahimahulloh esa: “Birodaring haqida yomon gumonda bo'lishing uni zaharlab o'ldirishing bilan teng” deganlar.

Yuqorida keltirilgan oyati kalimalar, payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflari, sahobai kiromlar va allomai zamonlarimizning purma'no so'zlari biz mo'min-musulmonlarni boshqa mo'min musulmonlar haqlarida yomon gumon qilishlik va g'iybatlardan saqlanishga undaydi, inshaAlloh. Alloh taolo barchamizni yomon gumon qilishdan va g'iybatdan O'zi asrasin.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Madina shahri nima uchun “Toyyiba” deb ataladi?

17.09.2026   7383   1 min.
Madina shahri nima uchun “Toyyiba” deb ataladi?

Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.

Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.

Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.

Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.

Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:

Nomi Ma’nosi
Madina Shahar
Madinatu Nabiy Payg‘ambar shahri
Madinai Munavvara Munavvar shahar
Dorul Hijra Hijrat diyori
 

Po‘latxon Kattayev,

Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi

Maqolalar