Kuni kecha Nukus shahridagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida “HATMONA – 2024” bayram kechasi bo'lib o'tdi. Marosimda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari R.Nurazizov, Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov, bilim yurti o'qituvchi va talabalar, xodimlari va ota-onalar qatnashdi.
Tadbir Qur'oni karim tilovat va duolar bilan boshlandi. Hatmona davomida R.Nurazizov ta'lim muassasasini tamomlayotgan bitiruvchilarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi nomidan tabrikladi va kelgusi ishlariga omadlar tiladi.
Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov ham so'zga chiqib, talabalarga kelgusi faoliyati uchun zarar pand-nasihatlarni berib, ularni yangi hayot ostonasiga qadam qo'yishi bilan qutladi.
Shuningdek, bilim yurti mudiri J.Abdirazakov bitiruvchilarga keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab, dinimiz rivoji, Vatanimizimiz ravnaqi yo'lidagi astoydil mehnat qilish kerakligini ta'kidladi va ularga oq fotiha berdi.
Tadbir davomida bilim yurti rahbariyati tomonidan o'zining namunali xulqi va o'qishi, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelgan talabalar fahriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Shu qatorda bilimga chanqoq bulgan talabalarning ota-onalariga ham fahriy yorliqlar topshirildi.



O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati