Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Sentabr, 2026   |   6 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:18
Asr
16:40
Shom
18:33
Xufton
19:49
Bismillah
17 Sentabr, 2026, 6 Rabi`us soni, 1448

Haj va umraning savobi 3 marta beriladigan amal

05.06.2024   1446   1 min.
Haj va umraning savobi 3 marta beriladigan amal

Muoz ibn Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bomdodni jamoat bilan o'qib, so'ngra quyosh chiqqunicha Allohni zikr qilib o'tirsa, keyin ikki rakat namoz o'qisa, uning uchun haj va umraning ajri to'liq, to'liq, to'liq beriladi”,dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Ushbu namozni quyosh chiqqandan tahminan 15 daqiqa o'tgach o'qish mumkin. Ikki rakatdan o'n ikki rakatgacha o'qiladi, eng afzali to'rt rakatdan o'qishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilganlar. Nabiy alayhissalom “Shams” va “Zuho” suralarini qiroat qilardilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim to'rt rakat zuho namozini muntazam o'qisa, gunohi dengiz ko'piklaricha bo'lsa ham, kechiriladi”,dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad rivoyati).

 Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Madina shahri nima uchun “Toyyiba” deb ataladi?

17.09.2026   6793   1 min.
Madina shahri nima uchun “Toyyiba” deb ataladi?

Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.

Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.

Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.

Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.

Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:

Nomi Ma’nosi
Madina Shahar
Madinatu Nabiy Payg‘ambar shahri
Madinai Munavvara Munavvar shahar
Dorul Hijra Hijrat diyori
 

Po‘latxon Kattayev,

Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi

Maqolalar