Butun dunyoda bo'lgani kabi mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassasalarida ham zamonaviy ta'lim-tarbiya usullari tobora rivojlanib bormoqda, xususan, nazariya bilan amaliyotni uyg'un holda olib borish vaqt sinovidan o'tgan uslub sanaladi.
Ayni maqsadda bugun, 6 iyun' kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasining birinchi kurs talabalari O'zbekiston musulmonlari idorasiga kelib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab Diniy idora raisining o'rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat qurdi. Unda “Hazrati Imom” majmuasi va O'zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati haqida ma'lumot berildi.
Zayniddin domla o'z so'zi davomida Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Islom tashkiloti – AYSYeSKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e'lon qilingani munosabati bilan "Hazrati Imom" majmuasi zamonaviy qilib yangidan barpo etilgani, yaqinda mamlakatimizda bo'lgan ICESCO bosh direktori Salim al-Malik O'zbekiston musulmonlari idorasiga tashrifi chog'ida 2025 yilda Samarqand shahri Islom madaniyati poytaxti degan yuksak maqomga ega bo'lgani haqidagi xushxabarni etkazdi.
Shuningdek, “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay” degan hikmatli so'zni aytib, talaba-yoshlar haqqiga doimo o'qib-o'rganishdan tolmasliklarini so'rab xayrli duolar qildilar.
Tanishuv asnosida Diniy idora mutaxassislari tomonidan talaba-yoshlarga har bir bo'lim faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.






O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.
Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati