Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollollohu alayhi vasallam:” “Albatta qiyomat oldidan kechaning zulmatli qismiga o'xshash fitnalar bo'ladi. O'shanda kishi mumin bo'lib tong ottirib, kofir bo'lib kech kiritadi. Mumin bo'lib kech kiritib, kofir bo'lib tong ottiradi. Unda o'tirgan turgandan yaxshi, turgan yurgandan yaxshi, yurgan harakat qilgandan yaxshidir. O'shanda komonlaringizni sindiring, (undagi) iplaringizni uzing va qilichlaringiz bilan toshni uring. Biringizning (uyiga) kirilsa, odam bolalarining yaxshisi kabi bo'ling”, dedilar” (Imom Ibn Moja rivoyati)
Hazrat Ashraf Ali Tahavoniy aytadilar: “ Hoji Soxib” “Do'stim hech kim bilan tortishma. Biror ishda janjal va tortishuv bo'lsa, u ishni tashlab ket”, deb vasiyat qilgan edilar. Mening odatim hamisha shu vasiyatga amal qilish bo'lgan.
Yana tortishmaslik muloyim bo'lishni takidan aytib dedilarki: “Tasavvuf ilmining usuliga chukur nazar solsangiz, hammasi tabiiy ilmardan ekani ma'lum bo'ladi. Tabiati salgina salomat bo'lgan odamning qalbiga ham o'z-o'zidan ulug'lar aytgan o'sha usul, qoidalar keladi.”
Yuqoridagi xadisga qarasak; Kamonni sindirib, uning ipini uzing. O'zingiz ham, o'zgalar ham kamon ipi bilan noxushlikka qo'l urmasin. Qilich yoki unga o'xshagan sovuq qurollarni toshga uring, o'tmas bo'lib yaroqsiz xolga kelsin. Bu xar qachon qayerda fitna chiqsa, albatta o'sha erni tark qiling deganidir alloh barchamizni fitnalardan saqlasin.
To'g'ri yo'lidan adashtirmasin.
Mashrabjon Qozoqov,
Mingbuloq tumani "Mulla Nazar oxun" jome masjidi imom-xatibi
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Chirchiq shahrida kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga quvonch ulashishga qaratilgan saxovat tadbiri o‘tkazildi.
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov tadbirda ishtirok etib, bolajonlarga samimiy tilaklar bildirdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali ko‘magida 35 nafar bolaning har biriga velosiped va turli sovg‘alar berildi. Shuningdek, tadbirda saxovatpesha homiylar tomonidan bayramona dasturxon yozilib, bolajonlar uchun ko‘ngilochar va bayramona dastur tashkil etildi.
Bunday xayrli tashabbuslar yurtimizda inson qadri, oila va bolalar manfaatlariga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
Saxovat tadbiri bolajonlarga unutilmas quvonch bag‘ishlab, ularning qalbida Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati