Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Jannatda siz bilan birga bo'lishni so'rayman

07.06.2024   1693   4 min.
Jannatda siz bilan birga bo'lishni so'rayman

Har yil tugaganda ichimizda o'zimizga savol beraylik: “Mana bir yil o'tib, keyingi yil keldi. Ho'sh biz qayerdamiz? Hayotimiz davomida to'g'ri yo'lda bormoqdamizmi? Olamlar Robbi bilan qanday muomaladamiz? Aloqamiz qanday? Agar aloqamiz yaxshi bo'lmasa bu yil yaxshilaylik. Agar odamlarga o'z xulqimiz bilan namuna bo'lmayotgan bo'lsak, endi bo'laylik! Agar har kuni o'zimizdan qandaydir sadaqai joriya qoldirmayotgan bo'lsak, endi har kuni shunday qilaylik. Ota-onamizni xursand qilmayotgan, ularga yaxshilik qilmayotgan bo'lsak, endi qilaylik! Agar o'tgan yilimizda ummat g'amida yashamagan bo'lsak, bu yildan shunday yashaylik. Doim yaxshi ishlarga qo'l urish bilan band bo'lmagan bo'lsak, endi shunday bo'lsin. Hayotda hali maqsadimizni topib ulgurmagan bo'lsak, shu yili topaylik! O'tgan yili vaqtimizni g'animat bilmagan bo'lsak, endi g'animat bilaylik! Shular haqida o'ylab, amalga oshirishga harakat qilib qolmasak, yillar tobaro o'tib bormoqda. Bu ketishda imkoniyatni qo'ldan boy berib qo'yishimiz hech gap emas!”.

Har birimiz yangi yilimiz uchun maqsadlarimizni belgilab olaylik. Katta-katta rejalarni oldimizga qo'yaveraylik. Zero, inson zotida chegaralanmagan imkoniyat, katta iqtidor mavjud. Agar kuchli irodaga va oldinga qo'yilgan aniq maqsadlarga ega bo'lsak, hammamiz ham bu iqtidordan foydalanishga qodirmiz!

Haqiqiy, to'laligicha muvaffaqiyatga erishish kaliti – say'-harakatni ikki karra ko'paytirishingiz, mutaxassisligingiz va ishingizni aniqlashtirib olishingiz hamda zamon bilan hamnafas bo'lishingizdadir.

Sahobiy Rabiy'a ibn Ka'b Aslamiyning Habibimiz sollallohu alayhi vasallam bilan bo'lgan qissasida himmatni oliy qilish va shunga yarasha harakatni ko'paytirish kerakligiga dalil bor. U kishi aytadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga tunab qoldim, uyg'ongach u zotga tahorat suvi va boshqa ehtiyojlarini olib keldim. Shunda u zot alayhissalom: “So'ra”, dedilar. Men: “Jannatda siz bilan birga bo'lishni so'rayman”, dedim. U zot alayhissalom: “Boshqa hech narsami?” dedilar. Men: “Faqat shu”, dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Unda bu ishda menga sen o'zing ko'p sajda qilish ila yordam ber”, dedilar.

Mulohaza qilaylik, u faqat jannatni xohlayman, demadi, balki Habibulloh sollallohu alayhi vasallamga qo'shni bo'lishni so'radi. Oliy himmat mana shunday bo'ladi. Keyin Payg'ambarimiz alayhissalom qisqa javob qaytardilar: “Unda bu ishda menga sen o'zing ko'p sajda qilish ila yordam ber”.

Bunda “Harakatingni ko'paytir” degan zo'r strategiyani asoslash bor.

Hayotda muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, harakatingizni ikki hissa oshiring, niyatingizni xolis Alloh uchun qiling, shunda Alloh sizga baraka beradi!

Doktor Hasson Shamsi Poshoning Metin qoyalar kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   4267   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari