Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Dunyo kunlarining eng afzali o'n kunlik (ya'ni, zulhijjaning o'n kuni)dir" (Imom Bazzor rivoyati).
Ulamolar zulhijjaning o'n kunligi afzalmi yoki Ramazonning oxirgi o'n kunligi afzalmi, degan masalada ixtilof qilishgan. Alloma Ibn Qayyim bu borada quyidagi fikrni bildirgan: "Ramazonning oxirgi o'nligining tunlari zulhijjaning avvalgi o'n kechasidan afzaldir. Zulhijjaning avvalgi o'n kuni Ramazonning oxirgi o'n kunidan afzaldir. Arafa va qurbonlik qilinadigan kun sababidan zulhijjaning avvalgi o'n kuni afzal. Laylatul qadr sababidan ramazonning oxirgi o'n tuni afzal sanaladi".
Abu Said Hudriy roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "Oylarning sayyidi – Ramazon, ularning hurmati, eng balandi zulhijjadir" (Imom Bayhaqiy, Bazzor va Ibn Asokir rivoyati. Rivoyat sanadi zaif).
Ulamolar Ramazon oyi zulhijjadan afzalligini aytishgan. Aslida oy yoki amallar bir-biridan ustun bo'ladi. Masalan, namoz ro'zadan afzal. Biroq bir kun ro'za tutish ikki rakat namozdan yaxshiroq.
Dorimiy va Bayhaqiy sahih sanad bilan keltirgan rivoyatda aytilishicha, Said ibn Jubayr zulhijjaning o'n kunida ibodatga jiddu jahd bilan kirishar, boshqa vaqtda qilmagan sa'y-harakatini aynan shu o'n kunda qilardi.
Yurtimizda aholi ma’naviyatini yuksaltirish, sof e’tiqod va milliy qadriyatlarimizni keng yoyish hamda xalqimizga to‘g‘ri va ishonchli diniy-ma’rifiy ilmlarni yetkazishda davriy matbuot nashrlarining o‘rni beqiyos.
Joriy yilning 17 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yilgi obuna mavsumida faol ishtirok etib, ushbu nashrlar targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shgan soha mas’ullari va imom-xatiblarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsiddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda nashrlar bosh muharriri Abdujalil Xo‘jamov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur gazeta va jurnallar shunchaki matbuot vositasi emas, balki har bir xonadonga ilm-ma’rifat, sog‘lom e’tiqod va fazilat olib kiruvchi mo‘tabar ma’naviy manbalardir. Ular orqali xalqimiz mo‘tadil diniy ilmlarni o‘zlashtirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga rasmiy va asosli javoblar olish imkoniga ega bo‘ladi.
Muloqot davomida diniy nashrlarning jamiyatdagi ahamiyatini oshirish, aholini mutolaaga jalb etish va yangi bosqichdagi obuna ishlarini yanada samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yakunida nashrlarni aholi orasida keng targ‘ib etishda fidoyilik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan bir guruh imom-xatiblar va soha xodimlariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati