Agar siz bitta tilni yaxshi bilaman desangiz, juda ham xursand bo'lib ketmang. Chunki siz kamchilik tomondasiz. Bugungi kunda dunyo aholisi 8 milliard 123 million 605 ming 250 kishidan (2023 yil, oktyabr) ko'proqni tashkil etadi. O'sha insonlarni o'rtacha 60%-75 % foizi, ResearchGate ma'lumotiga ko'ra, o'z ona tilidan tashqari yana bir xorijiy tilni biladi.
Dunyo aholisining 13% esa 3 ta tilda so'zlashar ekan. Umuman olganda, oddiy inson umri davomida 10 ta tilni o'zlashtirishi mumkin ekan. Ularni lingvistlar tilida giperpoliglot deb ataladi.
Bolalar bir vaqtda 4 ta tilni o'rganishi mumkin. Bu tavsiya etiladigan maksimum, eng ko'p darajadir. Neyrobiolog mutaxassislar bu raqamni, ya'ni, 4 tagacha tilni bolaga faqat 5 yoshgacha o'rgatish mumkin deb hisoblaydilar.
Lingvistlarning ta'kidlashicha, kishiga o'rganayotgan chet tilida 1000tacha so'z yod olishi kitob o'qish uchun etarli zahiradir. Lingvist Tat'yana Slesarevani aytishicha, oddiy matnni 75% mazmunini tushunishga kishiga 1000 ta so'z bilishi, ushbu ko'rsatkichni 85% ko'tarish uchun esa o'sha tilda 2000tacha so'zni yod bilishi kifoyadir.
Bobur Ahmad tayyorladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.
Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.
Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati