O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi "Shamsuddinxon Boboxonov" nashriyot-matbaa ijodiy uyida 45 yildan ziyod faoliyat yuritgan Solihova Rahima Karimjon qizining vafoti munosabati bilan marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonnni O'z mag'firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o'zlariga hamroh etsin. Din rivoji, xalq ma'rifati va Vatan ravnaqi yo'lida qilgan barcha xizmatlarini Haq taolo qabul aylasin!
Haq taolo marhumaning barcha solih amallarini husni qabul aylab, O'z mag'firatiga olsin, barcha sahvu xatolarini kechirib, rahmatiga chulg'asin, qabrlarini jannat bog'chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin!
Alloh taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to'ldirsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi nomidan Rahima Solihovaning oila a'zolari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
«Musibat etganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati