Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Qalblarni qanday qilib egallash mumkin?

10.06.2024   3700   4 min.
Qalblarni qanday qilib egallash mumkin?

Tabassum qiling, zero, tabassum qalblarni egallashda eng tez qo'l keladigan vositadir va shu bilan birga ibodat va sadaqa hamdir.

Birinchi bo'lib salom bering. Bu ham qalbning tubiga etib boradigan yaxshi xislat va ayni vaqtda savob ish sanaladi. Odamlarning eng yaxshisi birinchi salom berib qolishga oshiqadiganidir. Abu Amr Nadbiydan rivoyat qilinadi: “Men Ibn Umar roziyallohu anhumo bilan birga bozorga chiqdim, u kishi katta-yu kichik yo'llaridan chiqqan hammaga salom berardilar”.

Ochiq chehrali bo'ling, suhbatdoshingizga qalbiy haroratni his qildiring. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday degan ekanlar: “Hech qaysi yaxshilikni past sanama, birodaringga ochiq chehra bilan yuzlanishni ham!”.

Odamlar bilan o'zaro hadya ulashing, zero, hadya qalblarni moyil qiladi. Lekin imkoningiz qadar harakat qiling. Qilish kerak ekan deb bor-budingizni hadyaga tikib yubormang.

Sukut saqlashga odatlaning, faqat gapingiz foydali bo'ladigan o'rinlardagina gapiring. Suhbatlarda ovozingizni baland ko'tarmang, ko'p gapirmang. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Go'zal xulqni, uzoq sukut qilishni o'zingga lozim tut. Jonim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, xaloyiq bu ikkisi bilan chiroyli bo'lganchalik boshqa biror xulq bilan chiroyli bo'lmaydi”.

Odamlarning gapiga e'tibor bilan quloq soling, gapni bo'lmang. Kim shunga odatlansa odamlar uni yaxshi ko'rishi shubhasiz. Chunki yaxshi tinglovchi hammaga ham yoqadi.

Doimo o'zingizga qarab, saramjon-sarishta bo'lib yuring. Tashqi ko'rinishingiz, libosingiz, hidingizga albatta e'tibor bering. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Alloh go'zaldir, go'zallikni yaxshi ko'radi”. Umar ibn Hattob roziyallohu anhu bunday degan ekanlar: “Men kiyimi toza, xushbo'y hidli, taqvodor yigitlarni yaxshi ko'raman”.

Ahmad ibn Hanbalning o'g'li Abdulloh otasi haqida bunday degan ekan: “Men otamdan kiyimi tozaroq, o'ziga, mo'ylabiga, sochiga, badani tuklariga e'tiborliroq odamni ko'rmadim”.

Yaxshilik qiling, odamlarning hojatini chiqaring. Buning qalblarga ta'siri juda katta! Bir odam aytgan ekan: “Odamlarga yaxshilik qil, ularning qalbini asir etasan”.

Nafaqat odamlarning muhabbatini, Alloh taoloning muhabbatini ham qozonasiz. Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilar: “Odamlarning Allohga eng mahbubi – odamlarga eng foydasi tegadiganidir”.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning Metin qoyalar kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Tarixni buzib ko‘rsatmaslik uchun

15.09.2026   19746   2 min.
Tarixni buzib ko‘rsatmaslik uchun

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Islom ma’rifati, hadis ilmi va Imom Buxoriy merosi" o‘quv kursi o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan yodgorlik majmuasi gid-ekskursovodlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar doirasida ekskursiya faoliyati bilan bog‘liq huquqiy, nazariy va amaliy masalalar ko‘rib chiqildi, xabar bermoqda “Samarkandskiy vestnik” nashri.

- Bu yerga tashrif buyurgan har bir ziyoratchi faqat ibodat qilish uchun emas, balki ma’naviy "oziq" olish uchun ham borishi kerak, - deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov. - Bu yerda faoliyat yuritayotgan gidlarning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yar ekanmiz, ularga Imom Buxoriyning bizga qoldirgan merosini, bu merosning tarixiy manbalarini chuqur o‘rgatishimiz shart.

Kurs doirasida majmuaga birinchi marta tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi. Xorijlik ziyoratchilarga nafaqat Imom al-Buxoriy hayotidagi faktlar va diniy qadriyatlarimizni yetkazish, balki boy madaniy merosimizni asrab-avaylash va yetkazish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Gid-ekskursovodlar ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar berdilar. Bu bevosita ekskursiyalarni o‘tkazish paytida yuzaga keladigan masalalarni muhokama qilish imkonini berdi.

Kurs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Diniy ta’lim sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, viloyat hokimligi hamda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini saqlash va uning atrofini obodonlashtirish departamenti tomonidan tashkil etildi.

Tarixiy obidalar va ziyoratgohlar turizm salohiyatining muhim qismi bo‘lgan Samarqand viloyati uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Mehmonga tashrif buyuriladigan joyning tarixi qanchalik to‘liq va tushunarli ochib berilishi gidning professionalligiga bog‘liq. Shuning uchun ham gid-ekskursovodlarning malakasini muntazam oshirib borish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish Samarqandda turizm xizmatlari sifatini oshirishda ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari