Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Sentabr, 2026   |   6 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:18
Asr
16:40
Shom
18:33
Xufton
19:49
Bismillah
17 Sentabr, 2026, 6 Rabi`us soni, 1448

Tarozingiz qay holatda?

11.06.2024   5571   3 min.
Tarozingiz qay holatda?

Bir odam aytadi: “Men og'ir vaznli edi. Shifokorim menga ozishni buyurdi. Bir kuni toroziga chiqib qarab, qo'rqib ketdim, vaznim doim shunday turarmikin, hech ozmasmikinman yoki aksincha yanayam semirib ketarmikinman deb vahimaga tushdim. Bir oydan keyin yana o'zimni taroziga tortib ko'rdim, qarasam bir kilogrammga ozibman. Ko'rib ko'zlarim quvnab ketdi. Hursandligimdan “Allohu akbar,Alhamdulillah deb yubordim. Keyin o'yga botdim, ish bundanda kattaroq bo'lib, shu tarozi qiyomatdagi amallarim tarozisi bo'lganda nima qilardim? Amallarim tortilishini qanday hadik va hayajon bilan ko'rib turardim? Yaxshi amallarim vazni og'irroq bo'larmidi yoki yomon amallarim vaznimi? Bu juda daqiq tarozidirki, eng mayda zarralar ham unda tortiladi: “Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozilarini qo'yurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og'irligicha bo'lsa ham, keltirurmiz. Hisobchilikda O'zimiz kifoya qilurmiz”(Anbiyo surasi, 47-oyat).

Bu tarozining natijasi qog'ozga yozib menga ko'rsatilmaydi, kitoblarda uchib yuradi, kitobimni yo o'ng tarafimdan olaman yoki chap tarafimdan olaman: “Bas, kimning kitobi o'ng tarafdan berilsa, u, mana, mening kitobimni o'qib ko'ringlar... Albatta, men hisob-kitobimga yo'liqishimga ishonardim, deydir. Bas, u rozilik hayotidadir. Oliy jannatdadir. Uning mevalari yaqindir. O'tgan kunlarda qilgan narsalaringiz tufayli englar va ichinglar, osh bo'lsin. Va ammo kimning kitobi chap tarafdan berilsa, u, voy sho'rim, koshki menga kitobim berilmasa edi. Va hisob-kitob qandoqligini bilmasam edi. Qani (bu dunyodagi o'lim) oxirgisi bo'lsa edi”(Haqqo surasi,19-27-oyatlar).

Hayotdaku vazningiz ortib ketganini bilsangiz, tezda sa'y-harakat qilib, shirinliklar, yog'li ovqatlar eyishni to'xtatib, sport bilan shug'ullanib ozishga harakat qilishingiz va buning uddasidan chiqishingiz mumkin. Lekin oxiratda-chi?! Amallaringiz tarozisi yomon natija ko'rsatayotganini ko'rsangiz: “Afsuski, (oxirat) hayotimga ham biror narsa taqdim qilsam bo'lar ekan”(Fajr surasi, 24-oyat) deyishdan uyog'iga o'ta olmaysiz.

Shu gunohlarga qo'l urmaganimda edi, gunohlarni istig'for aytib o'chirib yurganimda edi, tilimni, qulog'imni, ko'zimni Alloh harom qilgan hamma narsadan tiyganimda edi, deb qolasiz! Lekin bu o'kinchlar foyda beradimi?!

Doktor Hasson Shamsi Poshoning Metin qoyalar kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“National Geographic” jurnali: O‘zbekiston Ipak yo‘li merosini zamonaviy turizm bilan uyg‘unlashtirmoqda

17.09.2026   5145   1 min.
“National Geographic” jurnali: O‘zbekiston Ipak yo‘li merosini zamonaviy turizm bilan uyg‘unlashtirmoqda

Amerikaning nufuzli  “National Geographic” jurnalining elektron va bosma shakllarida Buyuk Ipak yo‘lida O‘zbekistonning tutgan o‘rniga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Material muallifi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva haqida hikoya qilib, ularni qadimiy Ipak yo‘lining eng muhim shaharlari va zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlari sifatida talqin etgan.

Maqolada O‘zbekistondagi turizm rivoji, xorijlik sayyohlar sonining ortishi, yangi obyektlar qurilishi hamda shaharlar o‘rtasida tezyurar temiryo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Toshkentning Chorsu bozori Ipak yo‘li savdo an’analari bugungacha saqlanib qolgan maskan, Samarqand esa Registon maydoni va qadimiy Ulug‘bek rasadxonasi bilan ilm-fan hamda islom madaniyatining tarixiy markazi sifatida ta’riflanadi.

Nashrda Buxoro faol turistik o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechirayotgan shahar sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, Xiva o‘tmish ruhiyati ayniqsa kuchli seziladigan joy deya ta’kidlangan.

Shuningdek, Ipak yo‘li me’morchiligi uslubida barpo etilayotgan yangi sayyohlik loyihalariga e’tibor qaratilib, tarixiy muhitni asrab qolish yuzasidan bo‘layotgan bahs-munozaralar ham tilga olingan.

Umuman olganda, materialda O‘zbekiston o‘z tarixiy merosini asragan holda zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirib, dunyoga qayta yuz ochayotgan mamlakat sifatida e’tirof etilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari