Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

Haj safariga borganlar qurbonlik qiladimi?

11.06.2024   4795   3 min.
Haj safariga borganlar qurbonlik qiladimi?

Cavol: Hurmatli Fatvo hay'ati ulamolari! Ma'lumki, bizni yurtdan haj ibodatiga borgan ziyoratchilar tamattu' hajini qiladilar va tamattu' qilganlari uchun jonliq so'yadilar. Mana shu jonliqni so'ygan hojilar qurbonlik kunlarida alohida qurbonlik ham qilishlari kerakmi yoki shu so'ygan bir jonliqlari kifoyami?

 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Avvalo shuni bilib olish kerakki, hojilarning qurbon hayiti kunlari Minoda so'ydiradigan qurbonliklari “Hayit qurbonligi” emas, balki ikki ulug' ibodat – umra va haj ibodatlarini jamlaganliklari uchun vojib bo'lgan “Shukrona qoni” qurbonligidir. Shuning uchun u hayit qurbonligidan sanalmaydi.

Endi savolga bevosita javob beradigan bo'lsak, haj qiluvchi erkak yoki ayol qurbonlik so'yiladigan kunlarning oxirigacha muqim bo'ladigan bo'lsa hamda boy bo'lsa (ya'ni, uning hojati asliyasidan tashqari zakot nisobi miqdoricha yoki undan ortiq mablag'i bo'lsa) unga tamattu' jonlig'idan tashqari qurbonlik ham so'yishi vojib bo'ladi. Ammo mazkur muqimlik va boylik shartlaridan har ikkisi yoki biri haj qiluvchida topilmasa unga qurbonlik so'yish vojib bo'lmaydi. Bu haqida “G'unyatun-nosik” kitobida bunday deyilgan:

“Haj qiluvchi musofir bo'lsa, unga qurbonlik vojib bo'lmaydi. Ammo, muqim bo'lsa, xuddi Makka ahliga vojib bo'lgani kabi haj qiluvchiga hamqurbonlik so'yish vojib bo'ladi. Mazkur hukm “Bahrur-roiq”, “Raddul-muxtor” va “Honiya” kitoblarida zikr qilingan”(“G'unyatun-Nosik” kitobi 276-bet).

Demak, Haj arkonlari boshlanib, Minoga borishlaridan oldin Makka shahrida o'n besh kun va undan ortiq turadigan hojilar boy bo'lsalar va qurbonlik kunlarining oxirgi vaqtida ham muqim bo'lsalar, ularga tamattu' jonlig'idan tashqari alohida qurbonlik qilishlari vojib bo'ladi.

Shuningdek, qurbonlikning oxirgi kuni – Zulhijja oyining o'n ikkinchi kuni quyosh botishidan oldin Makkaga qaytib, u erda o'n besh kundan ko'p turishi aniq bo'lgan boy hojilarga ham tamattu' jonlig'idan tashqari alohida qurbonlik qilishlari vojib bo'ladi. Chunki qurbonlik vojib bo'lishi uchun qurbonlik so'yiladigan vaqtning oxiri e'tiborga olingan.

Shunday ekan, qaysi hojiga qurbonlik vojib bo'ladigan bo'lsa, xohlasa qurbonligini Saudiya Arabistonida so'ydirsin, hohlasa vatanlaridagi vakillariga aytib qurbonlik so'ydirishlari mumkin. Chunki hammamizga ma'lum bo'lgan qurbonlikni istalgan joyda so'yish joiz bo'lib, haramda so'yilishi shart qilinmagan. Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

16.09.2026   5790   1 min.
Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida aholi bilan muloqot tizimini takomillashtirish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar bevosita hamda masofaviy tarzda ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov kirish so‘zi bilan ochib, fuqarolarning murojaatlariga yuksak hurmat bilan qarash va ularning dardiga oqilona yechim topish har bir rahbar hamda xodimning nafaqat vazifasi, balki oliy insoniy burchi ekanini alohida ta’kidladi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining mas’ul vakillari – Davlat tashkilotlari tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish sho‘basi bosh inspektori Saidakmal Xodjayev hamda sho‘ba yetakchi inspektori Rashid Kurganov ishtirok etib, tizimdagi holatni qonunchilik talablari asosida atroflicha tahlil qilib berdilar.

Soha mas’ul mutaxassislari tomonidan ayni yo‘nalishdagi Prezident Farmoni ijrosi doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va tezkorlikni ta’minlash, jarayon shaffofligini oshirish hamda murojaatlarni nazoratdan olishning mexanizmlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan mazkur tadbir tizim xodimlarining murojaatlar bilan ishlash madaniyati va huquqiy savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Amaliy tahlillarga boy bo‘lgan ushbu seminar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish hamda xalqimizning diniy-ma’rifiy sohaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi muhim va tizimli qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari