Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Hojilarga 30 tavsiya

13.06.2024   3007   10 min.
Hojilarga 30 tavsiya

 Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.

Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

 

Haj safarini boshlashdan oldin gunohlardan astoydil tavba qilish lozim. Zero, haj safaridan eng muhim va asl maqsad ham gunohlarlan tavba qilishdir.

Tavbaning qabul bo'lishi uchun esa tavba qiluvchi kishining zimmasida hech bir bandaning haqqi qolmasligi kerak. Biror kishiga jismoniy, moliyaviy yoki ma'naviy zarar etkazgan bo'lsa, uning haqqini ado etsin, undan kechirim so'rasin, roziligini olsin. Agar zimmasida biror kishining omonati bo'lsa, uni ham kaytarsin.

Shundan so'nggina dil va fikrni bir joyga jamlab, Allohga astoydil tavba qilsin, shunda tavba xaqiqiy hisoblanib, uning qabul bo'lishiga umid bog'lasa bo'ladi.

Haj safarini niyat qilgan kishiga quyidagi tavsiyalar beriladi:

  1. Hajga ketayotgan kishi kimlardan norizo bo'lsa, ular bilan uchrashib, ularning ham, o'zining ham ko'nglini sof qilib olsin.
  2. Biror kishiga zulm qilgan bo'lsa, undan kechirim so'rab olsin.
  3. Biror kishining molini nohaq egan bo'lsa, o'sha narsaning mislini u kishining o'ziga yoki u vafot etgan bo'lsa, merosxo'rlariga bersin.
  4. Hamma gunohlardan tavba qilsin.
  5. Ota-onasining roziligini olib, keyin safar qilsin.
  6. Hotini va bola-chaqasini xotirjam qilib, so'ng safarga chiqsin.
  7. Zimmasida kimningdir qarzi bo'lsa, uni ado qilib, keyin safar qilsin.
  8. Yaxshi va solih insonlar bilan safarga chiksin.
  9. Hajning zaruriy masalalarini o'rganib va tushunib olsin.
  10. Haj amallari haqidagi kitobni o'zi bilan birga olib ketsin.
  11. Haj safarini xolis ibodat jihatidan qilsin, toki unda biror tijorat asosiy maqsad bo'lmasin.
  12. O'zidan riyokorlik va shuhratni uzoq qilsin.
  13. Butun safar bo'yi kamtarlik va xoksorlik bilan yursin.
  14. Zaruriy narsalarni sotib olishda narxini ziyoda tortishmasin.
  15. Safar davomida pulini sarf qilishga ziqnalik qilmasin.
  16. Hamrohlariga pul sarf qilishda ham bag'rikeng va saxiy bo'lsin.
  17. Uydan chiqib ketish vaqtida muhtoj kishilarga sadaqa qilsin.
  18. Safar mobaynida zaruratmand kishilarga xarj qilish niyatida pulni ko'proq olsin.
  19. Uyda ikki ra'kat namoz o'qib, so'ng yo'lga chiqsin.
  20. Ketish vaqtida do'stlar bilan qo'l berib xayrlashsin va ulardan duo olsin.
  21. Odamlar ham hajga ketayotgan kishidan duo qilishini so'rasinlar.
  22. So'ng safar duosini o'qisin.
  23. Safarmobaynidaqayergatushsa, o'shaerdaikkira'katnamozo'qibolishmustahabdir (fazilatlidir). Shuninguchunhojivatani, JiddayokiMadinaaeroportlaridaimkoniyatbo'lsaikkira'katdannamozo'qibolsin.
  24. Safarchog'idaAllohniko'proqzikrqilib, o'zi, ota-onasi, farzandlari, ahlioilasihamdabarchamusulmonlarhaqqigako'pdan-ko'pduolarqilsin.
  25. Safardavomidaurishib-tortishish, ziyonetkazish, tilbilanozorberishvaboshqashukabisalbiyodatlardanqattiqsaqlansin.
  26. Harkimnimuhabbatvayumshoqlikbilanqarshilasin.
  27. Namozlarnijamoatbilano'qishgaahamiyatbersin.
  28. Ba'zimamlakatodamlarixuftonnamozinishomvaqtidao'qibolishsa, ulargae'tiborqilmasdannamozlarnio'zvaqtidao'qisin.
  29. Imkonqadarsunnatvanaflnamozlarnihamo'qishgag'ayratqilsin.
  30. Samolyotda ham namoz o'qish uchun joy topiladi. Namoz vaqti kirib, erga qo'nguncha uning qazo bo'lish ehtimoli tug'ilsa, odamlarga ozor bermasdan o'qib olsin.

G'unyatun-nosik kitobidan

Hilol jurnalining 6(39) sonidan olindi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Holva” degan bilan...

15.09.2026   6709   2 min.
“Holva” degan bilan...

Bugungi jamiyatimizda odob-axloq jihatidan oqsoqliklar ko‘zga tashlanmoqda. Salom berish, yordamga muhtojlarni ko‘rganda ko‘maklashish, o‘zidan kattalarga hurmat ko‘rsatish kabi qadriyatlar kamayib borayotganini hech kim inkor qilmasa kerak. Holbuki, har bir ota-ona farzandining ilmli, solih va yetuk inson bo‘lib kamol topganini ko‘rishni orzu qiladi. Biroq “holva” degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi. Ya’ni quruq orzu-havasning o‘zi kifoya qilmaydi. Balki doimiy va tartibli ta’lim-tarbiya ishiga kirishish lozim bo‘ladi. Bu borada jamiyatdagi insonlarni uch toifaga bo‘lish mumkin:

1. O‘zi ham amal qilib, farzandini ham ezgulikka yetaklaydiganlar. Bu tutum dunyo va oxirat saodatini ko‘zlagan mo‘minning yo‘li. Tarbiyada eng samarali omil ota-onaning shaxsiy namunasidir. Bolaga, avvalo, Allohni tanitish va solih amallar bilan o‘rnak bo‘lish lozim. Qur’oni karimda ta’kidlanganidek, iymon keltirib, ezgu amal qilganlarga dunyoda pokiza hayot, oxiratda esa abadiy jannat bashorati berilgan (Nahl surasi, 97-oyat).

2. O‘zi amal qilmay, farzandi tarbiyasiga mol-dunyo sarflaydiganlar. Unutmang, pul hamma narsani hal qilmaydi. Ota-onaning o‘zi diniy va axloqiy majburiyatlarni bajarmasa, pand-nasihatlari farzandga ta’sir qilmaydi. Oilaviy muhitda ota ta’minotga, ona tarbiyaga mas’ul bo‘lib, o‘zaro hurmat va hamjihatlik bo‘lishi shart.
Shuningdek, ota-onalarning behuda ishlar, masalan, telefonga ko‘p bog‘lanib qolishi tarbiyadagi eng katta bo‘shliqni yuzaga keltiradi. Farzand kamoloti uchun uning vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, uyqu va dars tartibini doimiy nazoratda tutish, tartibni ushlash lozim. Eng muhimi, xulq ilmdan ustun turadi: xulqsiz berilgan ilm insonni zalolatga yetaklaydi, shu bois farzandga go‘zal axloqiy tarbiya berib, so‘ng ilm bilan ziynatlash kerak.

3. O‘zi ham amal qilmay, farzandini ham bunga chaqirmaydiganlar. Bu toifaning oqibati xatarlidir. Alloh taolo Toha surasida bunday marhamat qiladi: “Kim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, albatta, uning uchun tang hayot bo‘lur...” (124-oyat). Mana shu oyatning o‘ziyoq kishini sergak torttirib, bu toifadan bo‘lib qolmaslikka undashi lozim.
Xulosa shuki, farzand qalbi va ruhiyati ildiz otishi kerak bo‘lgan daraxt ko‘chati kabidir. Uning ildizini iymon va taqvo mustahkamlaydi. Shunday ekan, kim farzandlari kamolini ko‘rishni istasa, amali va e’tiborini bilan shunga harakat qilsin. Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda bardavom qilib, zurriyotlarimiz kamolini ko‘rsatsin.

Aziza RAHMATOVA,
Samarqand tumani bosh otinoyisi

Maqolalar