Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Ne'matlarga amaliy shukr qilganmisiz?

20.06.2024   3961   4 min.
Ne'matlarga amaliy shukr qilganmisiz?

Alloh taologa shukr qilish kuchli mo'minning sifatlaridan sanaladi. Bandaning shukr qilishi – uning baxtliligidan, ichki xotirjamligidan, ko'nglida kiri yo'qligidan, boshqalar bilan ahil-inoqligidan darak beradi!

U ayni vaqtda Allohning ne'matini e'tirof etish va go'zal xulq shodalaridan bir marjondir. Biz bandalar doimo shu xulq ila sifatlanishimiz lozim. Alloh taoloning ne'matlari chek-chegarasiz, sog'ligingiz, mol-davlatingiz, farzandlaringiz, obro'yingiz, qo'yingki, Alloh sizga in'om etgan jamiyki ne'matlar.

Fursat topdim deguningizcha Allohga shukr qiling. Alloh sizdan rozi bo'lsin, sizga saodat, xotirjamlik bersin, desangiz, shukr qiling!

Allohga shukr qiling, shunda U sizga ne'matlarini ziyoda etadi. Axir bu haqda O'zi aytgan-ku: “Shukr qilsangiz sizlarga (ne'matlarimni) ziyoda qilaman” (Ibrohim surasi, 7-oyat).

Mana qarang, Alloh taolodan “Shukr qilsangiz, ne'mat ustiga ne'mat beraman”, degan ochiq va'da! Bu degani siz modomiki, Robbingizga shukrda bardavom bo'larkansiz, sizdagi bor barcha ne'matlar yanada ortadi, ziyodalashadi.

Allohga shukr qilish – Uning taqsimotiga qanoat qilish, rozi bo'lish demakdir. Bu ikki narsa ichki xotirjamlikni, ko'ngil taskini istagan odam uchun eng asosiy narsadir. Har bir odam o'ziga ibrat birla nazar tashlasa, Alloh azza va jalla boshqalarga bemagan qanchalar ko'p va xo'p ne'matlarni ustidan sochib turganiga iqror bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, inson Allohning ne'matlarini unutib qo'yadi va hayotidan qachon qarasa shikoyat qilib, kimnidir malomat qilib yashaydi. Atrofga qarab ibrat olmaydi, shukr qilmaydi.

Allohga shukr qilish faqat tilning o'ziga chegaralanmagan, balki avvalo Allohning sizga bergan fazlini e'tirof etib, unga to'laligicha qanoat qilib, so'ngra bergan barcha ne'matlarini Uni rozi qiladigan yo'lda sarflashingiz ham shukrning ayni o'zidir!

Deylik, agar puldor odam bo'lsangiz, infoq-ehson qilasiz, sadaqa qilasiz. Negaki bu mol-davlat aslida Allohniki, siz uning vaqtincha boshqaruvchisisiz, xolos! Shunday ekan uni Alloh rozi bo'ladigan holda sarflang. Shunda Alloh sizga bergan bu ne'matning amaliy shukrini ado etgan bo'lasiz.

Ko'z va quloq ham ne'mat. Ko'zingiz ko'rar ekan, faqat Alloh rozi bo'ladigan narsalargagina qarang, U man etgan narsalarga boqmang. Qulog'ingiz eshitar ekan, faqat Allohni rozi qiladigan ovozlarga quloq tuting, U man etgan, g'iybat, bo'xton, haqorat kabi yomon narsalarga quloq tutmang.

Allohning sizga bergan ne'matlariga qarang, ularni birma-bir sanang-chi, sanab adog'iga eta olarmikinsiz?! Allohga bu ne'matlari uchun shukr qiling!

Alloh taolo Kalomi sharifida xabar bergan odamlardan bo'lib qolmang: “Ular Allohning ne'matini tanirlar, keyin esa, inkor qilurlar. Ularning ko'plari kofirlardir. (Allohning ne'matini bila turib inkor qilgan kishi aniq kofir bo'ladi)(Nahl surasi, 83-oyat).

 Doktor Hasson Shamsi Poshoning “Metin qoyalar” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

14.09.2026   874   1 min.
Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi doirasida ulug‘ mutafakkir, tasavvuf olimi Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Ushbu nufuzli tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti, Butunjahon musulmon donishmandlar kengashi, IRCICA, ICESCO, Al-Azhar ulamolar kengashi vakillari hamda yetuk sharqshunos va islomshunos olimlar ishtirok etmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ma’ruza qildilar.

Muftiy hazratlari Sayyid Yahyo Bokuviyning tasavvuf tarixidagi maqomi va uning ta’limoti haqida to‘xtaldilar. Shuningdek, nutqda alloma nafaqat tasavvuf, balki diniy ilmlar, tabiiy va aniq fanlarni egallagan qomusiy olim bo‘lgani, o‘ttizga yaqin asarlari inson nafsini tarbiyalashda muhim qo‘llanma ekani ta’kidlandi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karim va hadisi shariflarga tayangan holda qalb salomatligi va pokligi inson hayotining bosh mezoni ekanini bayon etib, turkiy xalqlarni bog‘lab turgan umumma’naviy ildizlarga alohida urg‘u berdilar:

«Hazrat Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband va Sayyid Yahyo Bokuviy kabi buyuk zotlar ilgari surgan nafs tarbiyasi, insonparvarlik va yuksak axloq g‘oyalari bugun ham qardosh xalqlarimizni birlashtirib turuvchi mustahkam ma’naviy ko‘prikdir. Bunday ulug‘ siymolar merosini hamkorlikda o‘rganish xalqlarimizning ma’naviy birligini mustahkamlash va yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi».

Uch kunlik anjuman davomida O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi ham ma’ruzalar bilan ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari