Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi:
«Bir janozani olib o'tishdi. U haqda yaxshi gap aytishdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Vojib bo'ldi», dedilar.
So'ngra boshqasini olib o'tishdi. U haqda yomon gap aytishdi. U zot: «Vojib bo'ldi», dedilar.
Shunda Umar ibn Hattob roziyallohu anhu: «Nima vojib bo'ldi?» dedi. U zot: «Uning haqida yaxshi gap aytdingiz, unga jannat vojib bo'ldi. Buning haqida yomon gapaytdingiz, bunga do'zaxvojib bo'ldi. SizlarAllohning er yuzidagi guvohlarisiz», dedilar» (Sahihi Buxoriy1367).
Ibn Hajar rahimahulloh mazkur hadisni «Fathul bariy»ning 3-juz 273-sahifasida quyidagicha sharhlaydi:
Bu erda fosiqlarniki emas, balki solih va munosib odamlarning guvohligi qabul qilinadi, chunki fosiqlar faqat o'zlariga o'xshaganlarni maqtaydi. Chunki hadisdagi holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atroflarida solih insonlar bor edi. Ularning ikkita marhum haqida aytgan gaplari qabul qilindi, chunki ular sahobalardir.
Shuningdek, marhumda shaxsiy husumati va adovati bor odamning guvohligi qabul qilinmaydi.
Shunday ekan, hammaga ozor beruvchi, ziyonkor odam vafot etsa, uni o'ziga o'xshagan odamlar maqtashi yuqoridagi hadisga ko'ra o'sha odamga jannat vojib bo'ldi, deb aytilmaydi.
Yoki bir solih inson vafot etib, dushmanchiligi bor odamlar uni yomonlashsa, hadisda aytilganidek, o'sha insonga do'zax vojib bo'ldi, deyilmaydi. Balki guvohlik beruvchilarning axloqiy holatiga e'tibor beriladi.
Zero, Alloh taolo marhumni ham, unga guvohlik berayotganlarni ham, kim solih va rost so'zlayotganini ham juda yaxshi biladi.
Obloqulov A_''ZAM,
G'allaorol tumanidagi
“Sayfin ota” jome masjidi
imom-xatibi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati