Hasan Basriy rahimahulloh aytadilar: Qaysi bir kishi o'ziga berilgan Alloh taoloning ne'matlarini ko'ra bilsa va:
“Alhamdu lillahillaziy bini'matihi tatimmus solihat” (salohiyatli ishlar Uning ne'mati ila tugal bo'luvchi zot Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin) desa, Alloh taolo albatta, uni O'zidan boshqaga muhtoj qilmaydi va yana O'z fazlidan ziyodalik ato etadi.
Hasan Basriy rahimahullohdan so'radilar: “Ey Abu Sa'iyd aytingchi, qiyomat kunida odamlarning ichida eng qattiq dod soladigani kim?”.
Javob berdilarki: “Ne'mat bilan rizqlangan, ammo o'sha ne'matdan Allohga osiy bo'lish yo'lida foydalangan kishi”.
Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.
Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.
Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati