Avval xabar berganimizdek, shu yil 20 iyundan O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida 2024-2025 o'quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayyoni boshlandi.
Qabul jarayonlari ko'tarinki ruhda o'tkazish maqsadida abituriyentlar va ularning yaqinlariga barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Hususan, qabul doskalari o'rnatilib, unga abituriyentlar uchun yo'riqnoma va kerakli hujjatlar namunalari joylandi.
Abituriyentlar savoliga javob berish va ularga muhim maslahatlar berish uchun tajribali mutaxassislardan iborat Qabul hay'ati a'zolari faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, 2024-2025 o'quv yili uchun oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni shu yil 20 iyulgacha, Hadis ilmi maktabida esa 10 iyulga qadar davom etadi.
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
O'z muxbirimiz
Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur xayrli tashabbus asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari beg‘araz hadya qilindi.
Ushbu aksiya doirasida ajratilgan ko‘makning umumiy miqdori 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari hamda maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilindi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga yordamlar ko‘rsatildi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda qalblarida bayram quvonchi ulashishdir.
Istiqlol bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya tadbirlari yurtimizda inson qadri, bolalar manfaatlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy namunasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati