Alhamdulillah, Allohga behad hamdu sanolar bo'lsin, muborak haj ibodatini eson-omon, sihat-salomatlikda ado etdik. Buning uchun Allohga cheksiz shukronalar aytsak, bizga kerakli sharoitlarni hozirlangan barcha mutasaddilarga o'z minnatdorligimizni bildirishimiz zarur.
Haj amalini emin-erkin, to'la-to'kis ado etishimiz uchun Madina va Makka shaharlariga borib joylashgunimizga qadar katta hurmat va izzatda bo'ldik. Biz uchun tikilgan maxsus kiyimlar, «Haj» qo'llanmasi, shifokorlar ko'rigi, zamonaviy maxsus avtobuslar, zamonaviy mehmonxonalar va u erda yaratilgan shart-sharoitlar hamda oshpazlarimiz tomonidan tayyorlangan milliy taomlar, barcha-barchasi muqaddas maskanlarda emin-erkin ibodatlarini ado etishimiz uchun muhayyo qilindi.
Buning uchun, avvalo, yurtimiz rahbariga, Muftiy hazratlari va barcha mas'ullar, xizmatda turganlarga cheksiz tashakkurlar aytamiz.

Toshkent 35-guruh hojilari jamoasi
Joriy yilning 2–3 sentyabr kunlari Qohira shahrida Butunjahon fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati tashabbusi bilan nufuzli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etadi. Ma’lumki, joriy yil iyul oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Butunjahon Fatvo idoralari va hay’atlari Bosh kotibiyati a’zoligiga qabul qilingan edilar.
Xalqaro yig‘inda dunyoning taniqli muftiylari, fatvo va fiqh markazlari ulamolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Al-Azhar dorulfununi kabi nufuzli oliygohlar professorlari hamda soha mutaxassislari jam bo‘ladi.
Kun tartibida sun’iy intellekt, jadal raqamlashtirish va zamonaviy bioetika zamonida oila instituti mustahkamligini ta’minlash, ayollar huquqlarini muhofaza qilish, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda ma’naviy inqirozlarga islomiy qadriyatlar asosida shar’iy va ilmiy yechimlar topish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati