Bizga ko'p narsa o'z-o'zidan bo'lib qolayotgandek tuyulaveradi. Go'yo tinchlik, osudalik ham o'z maromidadek. Lekin bu ikki ne'matning bardavom bo'lishi hammaga bog'liq. Irmoqlar qo'shilib soy, soylar qo'shilib daryo va dengiz bo'lgani singari har kim o'z uyini asrashi, mahallasi osudaligiga hissa qo'shishi natijasida butun yurtning tinchligi ta'minlanadi, aslida.
Bugun Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bo'ka tumani "Toshloq" masjidiga tashrif buyurdi.
Jamoat bilan uchrashib, dildan suhbatlashgan Jasurbek domla ularga "Tinchlik va osudalikni ta'minlash - savobi ulug' amal" mavzusida mav'iza qilib berdi.
Masjidda namozxonlarga yaratilgan shart-sharoit ko'zdan kechirildi. Zarur tavsiyalar berildi.
Hayrli duolar bilan tashrif nihoyasiga etdi.
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
27 avgust kuni Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Mavritaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ismoil Vild Shayx Ahmad IHTning yangi bosh kotibi etib saylandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligining ma’lum qilishicha, 66 yoshli Ismoil Vild ash-Shayx Ahmad IHT Bosh kotibi lavozimida 2021–2026 yillarda tashkilotga rahbarlik qilgan chadlik diplomat Husayn Ibrohim Tahaning o‘rnini egallaydi.
Yangi bosh kotib 2015–2018 yillarda BMT Bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati