INSONNING IShI YuRIShMASLIGINI
eng KATTA 23 ta SABABI
ni
ULUG' USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
KALOMULLOHNINGOYaTIKARIMALARIDA
HUDOIMTAOLOMARHAMATQILADI:
Z «Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik!» (Ahqof surasi 46/15 oyat);
Z «Biz insonga ota-onasini rozi qilishni buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida ko'tarib yurdi. Uni ko'krakdan ajratish muddati ikki yilda bitar. Biz insonga buyurdikki “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir”» (Luqmon surasi 31/14 oyat);
Z «Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson! Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga etsalar, ularga “uf!..” dema va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli so'z ayt! Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va duoda ayt: “Ey, Rabbim! Meni ular go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”» (Isro surasi 17/23-24);
Z «Nimaniki xayr-ehson qilsangiz, ota-ona, qarindoshlar, etimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz! Alloh har qanday qilgan ehsonlaringizni bilib turuvchidir» (Baqara surasi 2/215 oyat).
JANOBIPAYG'AMBARIMIZRASULULLOHSALLALLOHUALAYHIVASALLAM
MYeHR-MURUVVATTARIQASIDAMARHAMATQILADILAR:
¯ “Uch toifa kishining qo'lga kiritgan narsasida baraka bo'lmaydi va qayerda bo'lsa ham xorlanadi:
– mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;
– Ramazon oyiga hurmat ko'rsatmagan;
– ota-onasi tirik bo'la turib, ularni xursand qilmagan”;
¯ “Kimni umri uzun va rizqi keng bo'lishi xursand qilsa, ota-onasiga yaxshilik qilsin va silai rahm qilsin!” (Imom Ahmad rivoyatlari).
DONO HALQIMIZ MAQOLLARI:
o «Ota-ona rozi – Hudo rozi!».
o «Yaxshio'g'ilotamolinibiylar,
Yomono'g'ilotamolinisochar».
o «Yaxshiga qilsang yaxshilik –
Ham aytadi, ham qaytadi.
Yomonga qilsang yaxshilik –
Na aytadi, na qaytadi».
INSONNING IShI YuRIShMASLIGI,
BARAKASI BO'LMASLIGI,
1I 2 BO'LMASLIGI va
MUHTOJ, QAShShOQ, KAMBAG'AL BO'LIShLIGI ga
OTA-ONASI bilan BOG'LIQ eng KATTA 23 ta SABAB:
1) OTA-ONANINGhaqlariga duo qilmaslik.
2) OTA-ONANI behurmat qilishlik.
3) OTA-ONANI ko'ngillarini og'ritishlik.
4) OTA-ONANING xizmatlarini qilmaslik.
5) OTA-ONANING duolarini olmaslik.
6) OTA-ONAGA oq bo'lishlik.
7) OTA-ONANING nomlarini aytib chaqirishlik.
8) OTA-ONANI bepisand qilishlik.
9) Ulug'lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) ni hurmatlarini joyiga qo'ymaslik.
10) Ulug'lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilishlik.
11) Ulug'lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) oldilaridan kesib o'tishlik.
12) Ulug'lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) ning oldilariga tushib yurishlik.
13) Aka-uka, opa-singillar bilan bemehr bo'lishlik.
14) Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda bo'lmaslik.
15) Qo'ni-qo'shnilar bilan chiroyli muomala qilmaslik.
16) O'tganlarning haqlariga duo qilmaslik.
17) Oziga shukr qilmaslik.
18) Bir insonni xafa qilishlik.
19) Turar joy (yashaydigan uy, ishxona) larni ozoda tutmaslik.
20) Kiyim kechak (libos, bosh kiyim, oyoq kiyim) larni pokiza tutmaslik.
21) Ahliayolibilanjanjallashishlik.
22) Hayvon, parranda, hasharotvanabototolamigazulmqilishlik.
23) Yolg'ongapirishlik.
Ibrohimjon domla Inomov
Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.
Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.
Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati