Shu yil 9 iyul' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Italiya islom dini jamiyati vitse-prezidenti Imom Yahyo Pallavichini bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqotda Homidjon domla so'nggi yillarda O'zbekiston va Italiya o'rtasidagi yaqin do'stlik aloqalari mustahkamlanayotgani, bunda ikkala davlat Rahbarlarining samimiy muloqotlari, o'zaro tashriflar va imzolangan oliy darajadagi hujjatlarning o'rni muhimligini ta'kidladi. Shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi do'stlik, ilmiy-ma'rifiy, madaniy va ziyorat turizmi yo'nalishlarida o'zaro hamkorlik qilishga keng yo'l berilganini ham alohida qayd etdi.
O'z navbatida, Imom Yahyo Pallavichini ham samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, bunday o'zgarishlar yanada bardavom bo'lishini tiladi. O'zbekiston boy ma'naviy merosga ega ekani, o'zi ham bir necha kun davomida Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlaridagi tabarruk ziyoratgohlar hamda masjid-madrasalar ziyoratida bo'lganini ta'kidlab, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi mo''tabar zotlar butun musulmon dunyosiga ma'naviy ustoz ekanlarini e'tirof etdi.
Muloqot yakunida O'zbekiston musulmonlari idorasi va Italiya islom dini jamiyati o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Uchrashuv do'stona va samimiy ruhda o'tdi.





O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati