Muftiy hazratlarining yosh diniy soha xodimlariga murojaatnomasi etkazildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Hazrati Imom majmuasida bo'ldi
“Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans asosi” O'zbekiston olimlari forumi bo'lib o'tdi
Murojaatlar echim topmoqda
Hojilarimiz yurtimizga qaytib kelmoqdalar
O'zbekiston musulmonlari idorasi vakillari xorijdagi vatandoshlar bilan muloqotlar o'tkazdi
«Yil imomi – 2024» ko'rik tanlovining tuman, shahar, viloyat bosqichlari bo'lib o'tmoqda
Tinchlikning qadriga etib, shukrona bilan yashaylik!
Otinoyilar malakasi oshirildi
O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».
Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.
Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:
– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.
– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...
– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.
Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.
– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.
– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.
Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.
Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.
Akbarshoh RASULOV