Ushbu hujjat ikki ta’lim dargohi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va birgalikda yirik loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Memorandum doirasida professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, xalqaro konferensiyalar hamda qizg‘in davra suhbatlari o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, ta’lim jarayoniga eng zamonaviy metodlarni olib kirish, o‘quv-uslubiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish asosiy maqsad etib belgilandi. Bu kabi hamkorliklar yurtimizda ilm-fan va diniy ta’lim rivojiga xizmat qilishi, shubhasiz.
“Imom Termiziy” madrasasi
Matbuot xizmati