Bugun, 3 iyul chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat bosh imom-xatibining birinchi o‘rinbosari Obidxon domla Ikramov hududlaridan kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini ijobiy hal etish choralarini ko‘rdilar.
Qabul jarayonida fuqarolarning masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, oilaviy masalalar, savdo-oldi sotdi kabi masalalar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan esa tavsiyalar berildi.
Darhaqiqat, birovning dardini yengillatish, tashvishni oson bartaraf etilishiga hissa qo‘shish – savobi ulug‘ amaldir!
Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "... Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ana shu nabaviy ta’limotga muvofiq, mutasaddilar bilan birga turli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolarning tashvishlari arishiga ko‘maklashildi. Iliq kutib olingan fuqarolar mutasaddilardan mamnun bo‘lib, murojaatlari ijobiy yechim topganidan mamnun bo‘ldilar.
Qabul jarayonlari hududlardagi barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati