Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Sentabr, 2026   |   19 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:26
Quyosh
05:49
Peshin
12:23
Asr
17:01
Shom
19:00
Xufton
20:19
Bismillah
01 Sentabr, 2026, 19 Rabi`ul avval, 1448

Poytaxtimizda O'zbekiston olimlari forumi bo'lib o'tmoqda

03.07.2024   2859   3 min.
Poytaxtimizda O'zbekiston olimlari forumi bo'lib o'tmoqda

Joriy yilning 3 iyul' kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistondagi islom tsivilizatsiyasi markazida "Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori" mavsusida O'zbekiston olimlari forumi bo'lib o'tmoqda.
Unda besh yuzga yaqin turli yo'nalishdagi ahli ilmlar, professoru olimlar, ulamolar, tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Forumda O'zbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazining maqsad va vazifalar, kelgusi rejalarini namoyon etadigan seminarlar va taqdimotlar tashkil etilmoqda.
Sho''balarga bo'lingan holda o'tkazilgan forumda har bir loyiha bo'yicha olimlar ishtirokida muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanmoqda.
Forumdan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning bevosita tashabbuslari bilan barpo etilayotgan Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazini III Renessansning ma'naviy-marifiy ustunlaridan biriga aylantirish va uning faoliyati takomillashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, ma'naviyat va ma'rifat sohasida ishlarni yangi yo'lga qo'yish, davlat Rahbari qarorlarida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash, Islom tsivilizatsiyasi markazining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, yangi ilmiy innovatsion loyihalarni amaliyotda joriy etish, Muzey ekspozitsiyasi kontentini yanada boyitish va takomillashtirish kabi masalalarni muhokama qilishdan iboratdir.
Forum ishi ertaga, 4 iyul' kuni davom etadi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

27.08.2026   41633   1 min.
Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari