Qabullarda aholi murjaatlari echim topmoqda
Bugun, 26 iyun' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatini tingladi.
Qabul davomida Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan hamyurtlarimizning shar'iy, oilaviy, ta'lim masalalari, masjidlar holati va moddiy yordam bo'yicha qilgan arz va murojaatlari eshitildi.
Muloqotlar davomida muammolar echimi bo'yicha maslahatlar, moddiy yordam so'raganlarga belgilangan tartibda ko'mak berilishi ta'kidlandi.
Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlar ko'rib chiqish uchun Idora bo'limlariga tegishli vazifalar yuklandi.
Bu kabi qabul jarayonlari O'zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
27 avgust kuni Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Mavritaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ismoil Vild Shayx Ahmad IHTning yangi bosh kotibi etib saylandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligining ma’lum qilishicha, 66 yoshli Ismoil Vild ash-Shayx Ahmad IHT Bosh kotibi lavozimida 2021–2026 yillarda tashkilotga rahbarlik qilgan chadlik diplomat Husayn Ibrohim Tahaning o‘rnini egallaydi.
Yangi bosh kotib 2015–2018 yillarda BMT Bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlagan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati