Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Avgust, 2026   |   18 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:25
Quyosh
05:48
Peshin
12:23
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:21
Bismillah
31 Avgust, 2026, 18 Rabi`ul avval, 1448

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi

17.07.2024   4112   1 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 16 iyul' kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlar boshlandi. 
Hadis ilmi maktabiga hujjatlarni qabul qilish jarayoni shu yilning 20 iyunidan boshlangan bo'lib, 10 iyulga qadar o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarini tamomlagan 92 nafar abituriyent hujjat topshirdi. 

Bugun esa mazkur abituriyentlar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida suhbat asosida ilk ijodiy imtihondan o'tadilar. Ular 17 iyul' kuni ikkinchi bosqichda “O'zbekiston tarixi” fanidan test topshiradilar. 
Umumiy imtihon natijalari 18 iyul' kuni e'lon qilinadi. 

Abituriyentlarning bilimlarini Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasining qabul hay'ati a'zolari, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasining malakali pedagog-o'qituvchilari baholab boradi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihonlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Vaqf" fondi va Turkiya diyonat vaqfi hamkorligi yangi bosqichda

28.08.2026   34755   1 min.

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.


Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari