Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

XAYRIYA AKSIYASI BOSHLANDI: BOLAJONLAR QUVONCHIGA SHЕRIK BO‘LING!

17.07.2024   4291   1 min.
XAYRIYA AKSIYASI BOSHLANDI: BOLAJONLAR QUVONCHIGA SHЕRIK BO‘LING!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali «Mehr-2020» fondi jamoasi bilan hamkorlikda boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar uchun ajoyib sovg‘a hozirlashdi. Yangi o‘quv yili oldidan viloyatning shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan ana shunday oilalarning 1000 nafardan ortiq farzandlarini o‘quv qurollari, maktab formalari bilan ta’minlash uchun xayriya aksiyasini boshlab yuborishdi. Bunda saxovatpesha homiylarimiz tomonidan dastlabki bosqichda Nurobod tumanida 40 nafar bolajonga maktab formalari va o‘quv qurollari sotib olinib, xayriya qilindi.

Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetimni kafillikka olgan kishiga jannatda o‘zlari bilan birga bo‘lishini bashorat berib, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari bilan ishora qilgancha shunday deganlar: “Men bilan yetimni kafillikka olgan kishi jannatda mana shunday yonma-yon bo‘lamiz”.

Ezgu ishga siz ham hissa qo‘shing. 

 

XAYRIYA AKSIYASI BOSHLANDI: BOLAJONLAR QUVONCHIGA SHЕRIK BO‘LING! XAYRIYA AKSIYASI BOSHLANDI: BOLAJONLAR QUVONCHIGA SHЕRIK BO‘LING!
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Odamlarning iymoni turlicha bo‘ladi

28.08.2026   529   1 min.
Odamlarning iymoni turlicha bo‘ladi

Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...

Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.



Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan

Ibratli hikoyalar