Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Avgust, 2026   |   16 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:24
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:25
Bismillah
29 Avgust, 2026, 16 Rabi`ul avval, 1448

Hojilar tashabbusidan aholi mamnun

22.07.2024   11831   2 min.
Hojilar tashabbusidan aholi mamnun

Hojilarimizning “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” degan tashabbuslarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 18 iyul kunidan Toshkent shahrida va 22 iyul kunidan respublikamizning barcha hududlarida tadbirlar boshlandi.
Hududiy hokimliklar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan har bir hudud bo‘yicha hojilarni o‘z mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, profilaktik hisobda turuvchi, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, notinch oila, ajrim yoqasida turgan fuqarolarga biriktirish ishlari tashkil etildi.
Xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida faoliyat yuritayotgan imom xatiblar va noiblar, MFY raislari va “Haj-2024” safariga borib kelgan hoji ota va hoji onalar, shuningdek, Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydullo domla Abdullayevning ko‘rsatmasiga asosan Farg‘ona va Quvasoy shaharlari hamda Dang‘ara va Rishton tumanlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblari bilan birgalikda haj safariga borib kelgan hoji ota va hoji onalar bilan hamkorlikda shahar va tumanlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogiron, profilaktik hisobda turuvchi oilalar holidan xabar olib, ehtiyojmand oilalarga xayriya va ehsonlar ulashdilar.
Biriktiruvga asosan, 22 iyul kuni Andijon viloyatida 118 ta, Buxoro viloyatida 28 ta, Jizzax viloyatida 106 ta, Navoiy viloyatida 5 ta, Namangan viloyatida 48 ta, Samarqand viloyatida 59 ta, Sirdaryo viloyatida 38 ta, Surxondaryo viloyatida 34 ta, Toshkent viloyatida 80 ta, Farg‘ona viloyatida 25 ta, Xorazm viloyatida 52 ta, Qashqadaryo viloyatida 29 ta, Toshkent shahrida 59 ta  tadbirlar o‘tkazildi. Toshkent tajribasi asosida boshqa hududlarda ham ishni tashkil etish bugungi kundan amaliyotga joriy etildi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla raislari, faollari, imom-xatiblar, hojilarga mahallalarda amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Hududlarda hojilar ishtirokida 711 ta xonadonlar holidan xabar olinib, mahalla raislari, imom-xatiblar bilan birgalikda suhbatlar tashkil etildi.
Mahallalardagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalarga hojilar tomonidan moddiy yordam, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun Hojilar tashabbusidan aholi mamnun
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovini e’lon qildi

27.08.2026   49887   1 min.
O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovini e’lon qildi

26 avgust kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumning “Asrlarni birlashtiruvchi meros. Islom sivilizatsiyasining ma’naviy mazmun-mohiyati” mavzusidagi uchinchi yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Sessiya doirasida Qur’oni karim merosi, qadimiy qo‘lyozmalar, islom xattotligi, hujjatli kino hamda tarixiy manbalarni o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanishga bag‘ishlangan xalqaro loyihalar taqdim etildi.

Xususan, “114 Qur’on: islom olami xattotligining 114 durdonasi”, “Katta Langar Qur’oni: haqiqat va afsonalar”, “Allohning 99 ismi: Uning go‘zal ismlari orqali Yaratganni anglash”, “Sun’iy intellekt – qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qishning raqamli kaliti” loyihalari hamda “Yagona tarixiy meros sahifalari” loyihasi doirasida yaratilgan “Masjid” hujjatli filmi namoyish etildi.

Xalqaro muhokamalarda Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, Jazoir, O‘mon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Mali va O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, islomofobiya va mavjud stereotiplarni bartaraf etishda medianing o‘rni haqida fikr almashdi.

Sessiya yakunida turli mamlakatlar va xattotlik maktablarining an’analarini birlashtiruvchi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha Xattotlar umumjahon tanlovi e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro mediaforumning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilib, unda qariyb 50 mamlakatdan media va ekspert hamjamiyatining 300 nafarga yaqin vakili — media kompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari