Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Jonkuyar ustozlar munosib taqdirlandi

29.09.2023   892   1 min.
Jonkuyar ustozlar munosib taqdirlandi

O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida “1 oktyabr' – O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari bo'lib o'tdi.

Marosimlar avvalida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining diniy ta'lim muassasalarining fidoiy va jonkuyar o'qituvchi va murabbiylariga yo'llagan tabriklari o'qib eshittirildi.

Tadbirlar davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan oliy va o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarining jami 41 nafar pedagog-o'qituvchi va xodimlari namunali faoliyati va ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun maqtov yorlig'i va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ana shunday e'tibor va ehtiromdan soha vakillari nihoyatda xursand bo'ldilar.

Bayram tadbirlari davom etmoqda.

Abdunosir BOBAMIRZAYeV,
Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi metodisti

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   4256   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari