Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Sayyohlar oqimi ortmoqda

28.09.2023   880   2 min.
Sayyohlar oqimi ortmoqda

Samarqand mamlakatimizning turizm darvozasiga aylanmoqda. Bugun nafaqat shaharda, balki tumanlar, chekka qishloqlarda ham turistik ob'ektlar ochilmoqda.

Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyati turistik salohiyatini oshirish bo'yicha bergan topshiriqlari asosida yil boshidan buyon qiymati 478 milliard so'mlik 43 ta turizm loyihasi amalga oshirildi. Jumladan, 25 ta mehmonxona va joylashtirish vositasi, 6 ta ekoturizm va dam olish maskani foydalanishga topshirildi. Buning natijasida 600 dan ortiq yangi ish o'rni yaratildi.

Samarqandga keladigan sayyoh, avvalo, bu erdagi bir necha asrlik madaniy meros ob'ektlarini tomosha qilishni, ulardan zavqlanishni istaydi. Ammo yillar to'fonida bu obidalarga turli darajada zarar etishi, ular o'z ohorini yo'qotishi mumkin. Lekin ularni zamonaviy tarzda ta'mirlash yoki yangilab bo'lmaydi. Shuning uchun tarixiy obidalarni asrab-avaylash maqsadida vaqti-vaqti bilan, mutaxassislar tomonidan restavratsiya ishlari amalga oshiriladi. Bu yil viloyatdagi Shohizinda yodgorligi, Amir Temur masjidi va maqbarasi, Registon ansambli, Bibixonim, Ho'ja Doniyor, Oqsaroy, Ashratxona maqbaralari, Mahdumi Horazmiy masjidi, Ruhobod majmuasi va boshqa ob'ektlarda 14,8 milliard so'mlik restavratsiya ishlari amalga oshirilib, moddiy-madaniy meros ob'ektlarining jozibadorligi saqlab qolindi, ularga eltuvchi yo'llar obod qilindi, sayyohlar uchun sharoit yaratildi.

Viloyat turizm boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilda Samarqandga 1,2 million nafar xorijlik sayyoh kelgan va turistik xizmatlar eksporti 197,6 million AQSh dollariga etgan. Turistlarning Samarqandda bo'lishi o'rtacha 2,7 kunni va bir kunlik xarajati 85-250 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Bu yil esa 2,1 million chet ellik sayyohni jalb etish va turizm xizmatlari eksportini 312 million dollarga etkazish ko'zda tutilgan.

Yil yakuniga qadar esa turizm yo'nalishida viloyatda umumiy qiymati 1,6 trillion so'mlik 94 ta investitsion loyiha ishga tushiriladi. Hususan, eko-ekstremal turizm yo'nalishida 18 ta, tibbiyot va termal turizm yo'nalishida 11 ta, gastronomik turizm yo'nalishida 36 ta ob'ekt loyiha amalga oshiriladi. 28 ta joylashtirish vositalari tashkil etiladi.

G'.Hasanov, O'zA muxbiri.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   4240   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari